ODIYOT surasi100.1 . Qasamyod etaman pishqirib chopadigan, 100.2 . (chopganda tuyoqlaridan) chaqmoq chaqnatadigan, 100.3 . tong paytida (yov sari) bostirib boradigan, 100.4 . bas, o'shanda (ortida) chang qoldiradigan, 100.5 . shu (chang) bilan (dushman) jamoasining o'rtasiga kirib boradigan (ot)largaki, 100.6 . haqiqatan, (kofir) inson Parvardigori (ato etgan ne'matlar)ga noshukrlik qiluvchidir! 100.7 . Yana u bunga (noshukrligiga) guvohdir. 100.8 . Yana u mol-dunyo muhabbatiga juda qattiq (beriluvchi)dir. 100.9 . Axir, u bilmasmiki, (Qiyomat qoyim bo'lib), qabrlarning ichidagi narsalar chiqarilganida 100.10 . va dillardagi sirlar oshkor qilinganida -
|