SHARH surasi94.1 . Ey, Muhammad,) ko'ksingizni (ilmu-hikmatga) keng ochib qo'ymadikmi?! 94.2 . Sizdan yukingizni olib qo'ydik, 94.3 . qaysiki, belingizni ezib turgan edi. 94.4 . Zikringizni (martabangizni) ham baland qilib qo'ydik. 94.5 . Bas, albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir. 94.6 . Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir. 94.7 . Bas, (ey, Muhammad,) qachonki, (namozdan) foriq bo'lsangiz, (o'rningizdan) turing 94.8 . va Rabbingiz sari rag'bat (bilan iltijo) qiling! |