BALAD surasi90.1 . (Ey, Muhammad,) mana shu shahar bilan qasamyod eturman, 90.2 . holbuki, Siz shu shaharda mavjuddirsiz 90.3 . hamda ota va bolalarga (ya'ni, Odam va zurriyotlariga) qasamyod eturmanki, 90.4 . haqiqatan, insonni mashaqqatga yaratdik. 90.5 . Unga hech kimning kuchi yetmaydi, deb o'ylaydimi?! 90.6 . U (maqtanib): "Juda ko'p mol-dunyoni (sarflab) yo'q qildim", - der. 90.7 . Uni hech kim ko'rmagan, deb o'ylaydimi?! 90.8 . Axir, Biz unga ikki ko'z, 90.9 . til va ikki lab (ato) qilmadikmi?! 90.10 . Yana uni ikki balandlikka (yo'lga) yo'llab qo'ydik-ku!
|