FAJR surasi89.1 . Qasamyod etaman tong (vaqti)ga, 89.2 . "O'n kecha"ga, 89.3 . juft va toq (narsalar)ga 89.4 . va o'tayotgan kechagaki, (albatta, kofirlar jazolanurlar)! 89.5 . Mana shu (narsa)larda aql egasi uchun (yetarli) qasam bordir?! 89.6 . Rabbingiz Od (qabilasi)ni nima qildi, ko'rmadingizmi?! 89.7 . (Ular) baland ustunli Iram (shahridan) bo'lib, 89.8 . (boshqa) yurtlarda uning o'xshashi yaratilmagan. 89.9 . Vodiyda xarsang toshlarni (uy solish uchun) kesgan Samud (qabilasi)ni, 89.10 . qoziqlar (ahromlar va qasrlar) egasi bo'lmish Fir'avnni (qanday halokatga duchor qilganini-chi)?
|