MUDDASIR surasi74.1 . Ey, (liboslariga) burkanib olgan kishi (Muhammad), 74.2 . turing-da, (insonlarni oxirat to'g'risida) ogohlantiring, 74.3 . Rabbingizni ulug'lang, 74.4 . liboslaringizni poklang, 74.5 . butlardan yiroq bo'ling, 74.6 . (berayotgan narsangizni) ko'p sanagan holingizda ehson qilmang, 74.7 . Rabbingiz uchungina sabr qiling! 74.8 . Qachonki, (qiyomat e'loni uchun) sur chalinganida, 74.9 . ana o'sha kun qiyin kundir. 74.10 .Kofirlarga oson bo'lmagan (kundir).
|