TALOQ surasi



65.11 . Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun sizlarga Allohning bayon etuvchi oyatlarini tilovat qiladigan payg'ambarni (Muhammadni yubordi). Kimki Allohga imon keltirsa va solih amal qilsa, (Alloh) uni ostidan anhorlar oqib turadigan, abadiy qolinadigan jannatlarga kiritur. Haqiqatan, Alloh uning uchun go'zal rizq (jannat rizqini ato) etgan bo'lur.

65.12 . Alloh yetti osmonni va Yerdan ham o'shancha miqdorni (yetti qavatni) yaratgan zotdir. (Allohning) amri (farmoni) ularning (osmon va Yer) o'rtasida nozil bo'lib turar. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanini va Alloh barcha narsani (O'z) bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun (U shunday qildi).



back 1 next