MUMTAHANA surasi



60.11 . Agar juftlaringizdan birortasi kofirlar tomoniga o'tib ketsa-yu, (mahrini uning eriga qaytarmasalar) so'ng sizlar jazolasangizlar (va o'lja olsangizlar,) u holda juftlari (kofirlar tomoniga o'tib) ketgan kishilarga ular sarflagan mahr miqdorini beringlar va o'zlaringiz imon keltiruvchi bo'lgan Allohdan qo'rqinglar!

60.12 . Ey, Payg'ambar, qachonki, Sizning oldingizga mo'minalar kelishib, Sizga o'zlarining Allohga biror narsani sherik qilmasliklariga, o'g'irlik qilmasliklariga, zino qilmasliklariga, o'z bolalarini o'ldirmasliklariga, qo'llari va oyoqlari orasida to'qib oladigan buhtonni keltirmasliklariga* hamda biror yaxshi ishda Sizga itoatsizlik qilmasliklariga qasamyod qilsalar, Siz ularning qasamyodlarini qabul qiling va ular uchun Allohdan mag'firat so'rang! Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.

60.13 . Ey, imon keltirganlar, Allohning g'azabiga duchor bo'lgan qavm bilan do'stlashmangizlar! Xuddi barcha kofirlar qabr egalari (qayta tirilishlari)dan noumid bo'lganlaridek, ular ham oxiratdan noumiddirlar



back 1 next