ANKABUT surasi29.21 . U O'zi xohlagan kimsalarni azoblar va O'zi xohlagan kishilarga rahm qilur. Ungagina qaytarilursizlar! 29.22 . Sizlar na Yerda va na osmonda (hech kimni) ojiz qoldiruvchi emasdirsizlar. Sizlar uchun Allohdan o'zga (biror) do'st va yordamchi yo'qdir!" 29.23 . Allohning oyatlarini va U bilan muloqotda bo'lishni inkor qilgan kimsalar, aynan o'shalar Mening rahmatimdan noumid (mahrum) kimsalardir va ular uchun alamli azob bordir. 29.24 . Bas, (Ibrohimga) qavmining javobi faqat: "Uni o'ldiringlar yoki yoqib yuboringlar", - deyishlari bo'ldi. So'ngra Alloh unga olovdan najot berdi. Albatta, bunda imon keltiradigan qavm uchun ibratlar bordir! 29.25 . (Ibrohim) aytdi: "Sizlar faqat dunyo hayotidagi o'zaro do'stlashishingizni ko'zlab, Allohni qo'yib, butlarni tutdingizlar. So'ngra qiyomat kunida ba'zilaringiz (peshvolaringiz) ba'zilaringizdan (ergashuvchilardan) tonur, ba'zilaringiz ba'zilaringizni la'natlar. Borar joyingiz do'zaxdir. (U joyda) sizlar uchun yordam beruvchilar yo'qdir!" 29.26 . Bas, Lut unga imon keltirdi. (Ibrohim) aytdi: "Albatta, men Rabbim (buyurgan tomon)ga hijrat qiluvchidirman. Albatta, Uning O'zigina qudrat va hikmat egasidir!" 29.27 . Biz unga Ishoq va (nabirasi) Ya'qubni ato etdik hamda payg'ambarlikni va (samoviy) kitob(lar)ni uning zurriyotiga (xos) qildik va unga shu dunyoda ham mukofotini berdik, albatta, u oxiratda ham solih zotlardandir. 29.28 . Lut o'z qavmiga: "Albatta, sizlar shunday fahsh ishni qilmoqdasizlarki, sizlardan oldin olamlardan hech kim uni qilmagan edi. 29.29 . Haqiqatan ham sizlar (xotinlaringizni qo'yib) erkaklarga borasizmi; qaroqchilik qilasizmi; majlisgohlaringizda yomon ishlar qilasizmi-a?!" - deganini eslang. Bas, (Lut) qavmining javobi faqat: "Agar sen rostgo'y kishilardan bo'lsang, bizlarga Allohning azobini keltir", - deyishlari bo'ldi. 29.30 . (Shunda) u aytdi: "Ey, Rabbim, bu buzg'unchilar qavmi ustidan O'zing meni g'olib qil!"
|