QASOS surasi28.61 . Axir, Biz go'zal va'da (jannat)ni va'da qilgan va unga erishgan kishi, Biz dunyo hayoti matosidan ozgina foydalantirib, so'ngra qiyomat kunida (mangu azobga) hozir qilinuvchi kimsa kabi bo'lurmi?! 28.62 . (Eslang, Alloh qiyomat kuni) ularga nido qilur: "Sizlar (bor deb) e'tiqod qilib yurgan "sheriklarim" qani?!" - deb. 28.63 . Ustilaridan (azob haqidagi) So'z muqarrar bo'lgan kimsalar: "Ey, Rabbimiz, ana u bizlar yo'ldan ozdirgan kimsalarni ham xuddi o'zimiz ozgan kabi yo'ldan ozdirgandirmiz. Bizlar Senga (aybdor emas) oqdirmiz. Ular bizlarga ibodat qiluvchi bo'lmaganlar", - derlar. 28.64 . Ularga: "Shirklaringizni (yordamga) chorlangiz",- deyilur, ularga iltijo qilganlarida (ular) javob qilmaslar va ular azobni ko'rurlar. Agar hidoyat topsalar edi (azobni ko'rmas edilar). 28.65 . (Alloh) ularga nido qilib: "Payg'ambarlarimga ne javob qilgan edinglar?" - deydigan kunda, 28.66 . o'sha kunda ularga xabarlar (bahona va sabablar) ko'rinmay qolur, bas, bir-birlaridan ham so'rasha olmaslar. 28.67 . Bas, kim tavba qilib, imon keltirib, solih amal qilgan bo'lsa, shoyadki (u) najot topuvchilardan bo'lsa. 28.68 . Rabbingiz O'zi xohlagan narsani yaratur va (xohlagan ishni) ixtiyor qilur. Ularda ixtiyor yo'qdir! Alloh ularning shirklaridan pok va yuksakdir! 28.69 . Rabbingiz ularning dillari yashirgan narsalarini (sirlarini) ham, oshkor qilgan narsalarini (so'zlarini) ham bilur. 28.70 . U Allohdir. Undan o'zga iloh yo'qdir! Avvalu oxirda (ya'ni, dunyoyu oxiratda) hamd faqat Uning uchundir. Hukm ham Unikidir va Ungagina qaytarilursizlar.
|