Hazrat Mahdi zuhur qilishlarini isbotlovchi aqliy dalillara); Dunyoning tuzilishi haqida fikr yuritsak quyidagi natijaga kelishimiz mumkin:, bashariyat o`zining harakatining oxirida adolatga asoslangan hokimiyat tuzumiga yetib borishi kerak .bu dunyodagi janiki maxluqotlar ma’lum qonunga bo’ysunib yashaydi. Chunki bu qonunning yaratuvchisi yagonadir, binobarin barcha maxluqotlar hayotlari yagona qonun asosida yashaydi. Daraxtlardagi bargni olasizmi yoki daryolar ortidagi tirik jonzotnimi, osmonlardagi sayyoralar yoki inson organizmidagi hujayranimi xullas hammasi yagona bir sistemani tashkil etishi va o`zaro tartibga egaligini mushohada qilishimiz mumkin. Shunday ekan qanday qilib ana shu ulkan sistemaning bir bo`lagi hisoblangan inson sistema qonuniga zid bo`lgan beadolatlik va fasodda abadul abad yashashi mumkin?! Inson ham yagona qonun asosiga bo’ysunib yashamog’I lozimdir. Bu qonun adolat qonunidir, shuning uchun ham insonlar to abad zulm va adolatsizlikda yashamaydilar. balki bir kun kelib adolat o’rnatilgan yagona qonunga bo’ysunib yashaydilar. Bu adolatni ta’minlovchi odam haqida hadislarda zikr etilgan. Uni “bashariyatga najot beruvchiâ€,â€Odil podshoâ€, “Qutqaruvchiâ€,â€Mahdiâ€kabi turli ismlar bilan atashgan. b); Jamiyatning kamolot tarafga harakatlanayotganligi. Hech kimga sir emaski, insoniyat vujudga kelgandan beri taraqqiyot taraf harakatdadir va hech qachon bu harakatdan to`xtamagandir.shunday ekan, ana shu harakatining natijasini ya’ni adolatga asoslangan ilohiy hukumatni ko’rishi lozimdir Moddiy jihatdan olib qarasak, turar joy, kiyim-kechak, oziqlanishi, transport vositalari, ishlab chiqarish va sanoat shunday rivojlanganki, ibtidoiy-jamoa tuzumi odamlari bularni ko`radigan bo`lsa, lolu-hayronbo`lmay ioji yo`q va bu rivojlanish hali ham davom etyapti. Mana shu taraqqiyot bir kuni kelib eng avjiga chiqmoqligi kerakdir. Ilm-fan taraqqiyoti jihatidan qaraydigan bo`lsak, basharning bu jihatdagi harakati ham yuqori sur`atda davom etyapti va biz har kuni qandaydir ilmiy ixtironing guvohi bo`lib turibmiz. Bunday taraqqiyot ma`naviy-axloqiy jihatdan ham ro`y berishi ham tabiiydir. Bu harakat insoniyatni adolatga asoslangan yagona qonunchilik sari yetaklaydi. Garchi bugungi kunda kundan kunga fasod kuchayotgan bo`lsa-da, lekin buning o`zi kuchli bir inqilob ro`y berishiga xizmat qilajak. Albatta biz axloqsizlioklarni tashviq qilish kerak demoqchi emasmiz, lekin bu ma`naviy inqirozlar aksul amali bo`lib bir inqilob ro`y berajak, demoqchimiz xolos. Odamlar gunohlarga g`arq bo`lib boshi berk ko`chaga kirib qolishganda ilohiy bir yo`lboshchiga muhtoj ekanliklarini ko`proq his qiladilar. Bu va boshqa ko’plab aqliy dalillar kelajakda Adolatga asoslangan hukumat barpo etilishini isbotlaydi. |