Bolalarga diniy tarbiya berish haqida (Birinchi qism)



Aziz muxlislar, siz ushbu rukn ostida ikki qismdan iborat suhbatimizni mutolaa qilishingiz mumkin. Umid qilamizki berilgan nasihatlar bolalarni to’gri tarbiya qilishingizga yordam beradi. Avvalo bolalarni ibodat qilishga o’rgatish haqida so’z yuritmoqchimiz : Bazi ota-onalar  kichik yoshdagi bolalarining namoz o’qishlarini o’yin deb qaraydilar, shuning uchun bu ibodat hach qanday savobga ega emas deb o’ylaydilar. Aslida esa unday emas. Bolalarning qilgan ibodatlari ham savobga ega va juda ko’p xayrga egadir. Aziz ota-onalar quyidagi haqiqatni bilishingiz sizga farzandlaringizni tarbiyalashda qo’l keladi, u ham bo’lsa shuki, katta yoshdagilar uchun farz yoki mustahab bo’ladigan amallar bolalar uchun mustahab, kattalar uchun harom va makruh hisoblangan amallar bolalar uchun makruh va kattalarga muboh hisoblangan amallar bolalar uchun ham muboh hisoblanadi.

Agar bolalarimizga qilgan har qanday ibodatlari uchun mehribon Alloh tarafidan ajru-savob beriladi deb aytadigan bo’lsak, shaksiz ularning ibodat qilishga ragbatlari oshadi, ikkinchi tarafdan esa kishik yoshdan namoz o’qishni o’rgangan bolalar katta yoshga chiqqanlarida ham ibodat qilishni tark qilishmaydi. Chunki ibodatga yoshlikdan odat qilishgan bo’ladi. Ammo kishikligida hech namoz o’qimagan bolalar balogat yoshiga chiqqanlarida (balogat yoshi haqidagi malumotlarni saytimizning Ahkom qismatiga murojaat qilishingiz mumkin) birdaniga namoz oqishni boshlashlari bir oz qiyinroq kechadi. Shuning uchun agar farzandlarimiz namozxon bo’lsinlar desak, ularning kichikligi davrini g’animat bilib asta-sekin ularni namoz o’qishga odatlantirmog’imiz lozimdir. Yoshlikdan bolalarni ibodatga o’rgatishning yana bir yaxshi tarafi shundaki, kichikligidan masjidga chiqib yurgan bola u yerdagi ma’naviy fazo bilan tanishadi, mo’min va iymonli odamlar bilan tanishadi va bu esa uni kelajakda fasod tarafga tortilishining oldini oladi. Shunday ekan bolalarimizni islomiy odob va rusumlar bilan hali kichik yoshligidan boshlab tanishtirish kerak. Biz bu o’rinda ota-onalar qilishlari kerak bo’lgan vazifalarini sanab o’tmoqchimiz:

1.        Bolalarni diniy ruhda tarbiyalash uchun avvalo buning asosini yaratishimiz kerak bo’ladi. Hazrat paygambarimiz (saov) nevaralari imom Hasan (a.s) va imom Husayn (a.s) lar dunyoga kelishganida ularning o’ng quloqlariga azon va chap quloqlariga   esa takbir aytganlar. Bu ikkala amal (azon va takbir aytish )  namoz o’qilishidan oldin qilinadigan mustahab amallaridandir. Imom Sajjod (a.s) ning marhamat qilganlariga asosan bolalar uch yoshga to’lganlarida ularga “La ilaha illalloh” deb aytishni o’rgatish kerak. Bola uch yoshu yeti oylik va yigirma kunlik bo’lganida esa unga “Muhammad” deyishni, to’rt yoshga to’lganida esa salavot aytishni (Allohumma solli ala Muhammad va oli Muhammad) o’rgatmoq kerak. Besh yoshga to’lganida unga qiblani o’rgating, olti yoshligida ruku va sajda qilishni  va yeti yoshga yetganda esa qanday tahorat olish kerakligini o’rgatish kerak.

Imom Sodiq (a.s) ning bergan tavsiyalari esa ro’za tutish haqidadir. Ul zot aytishlariga ko’ra bolalarni ro’za tutishga odatlantirmoq lozimdir. Bunda ular qachon qorinlari ochsa iftorlik qilishlari mumkin bo’ladi. Shunda bolalar asta-sekin ro’za tutishga ham odatlanadilar va bu esa balogatga yetganda qiynalmasliklarini ta’minlaydi.

2.     Ibrat bo’lish haqida

Ma’lumki bolalar juda taqlidchi bo’ladilar, nima ko’rsalar ushani bajarishga harakat qiladilar. Ular aksari raftorlarini kattalarga taqlid qilganlaridan o’rgangan bo’ladilar. Shuning uchun bolalarni to’gri tarbiya qilamoqchi odam avvalo amalda va raftorida to’gri amalni bajarishi kerakdir. Amiral- mo’minin hazrat Ali (a.s) aytganidek:

كونوا دعاه الناس بغیر السنتكم  ya’ ni odamlarni tilingiz bilan emas amal bilan davat qilinglar

Alloh Taolo odamlarni hidoyat bo’lishlari uchun ularga ibrat bo’luvchi payg’ambar ekanligini Qur’oni karimda takidlaydi:

و قد كان لكم فی رسول الله اُسوةٌ حَسنه

Ya’ni  â€œsizlar uchun rasululloh namunadir undan ibrat olinglar”.



1 next