BOLALARTABIYASI



XIZMATLAR

BOLALARTABIYASI (NEW)

BOLALARNI ISLOMIY RUHDA TARBIYALASH

Xudo nima va u  qayerda?

Ko’pincha ota-onalar farzandlarining moddiy kamol topishlari va ilmiy saviyalarini ko’tarish bobida ko’p qayg’uradilar. Lekin diniy tarbiya masalasida esa o’zlarining qilayotgan raftorlari qanchalik tasirli ekanligini unutib qo’yadilar. Boshqa tarafdan esa bolalar bilan diniy mavzuda suhbatlashish kerakligidan g’aflatdadirlar. Biz shu o’rinda ota-onalarga ko’mak bo’lsin deya diniy suhbat o’tkazish haqida o’z tavsiyalarimizni bermoqchimiz. Avvalo shuki bolalarga Xudo haqida bilim berishimiz kerak. Tabiiy bolalar zehnida Xudo haqida ko’plab savollar bordir, lekin ba’zida ular bu savollarni ota-onalaridan so’ramaydilar. Ota – onalarning vazifalaridan biri budirki, farzandlarini Xudo haqida so’rashlariga tashviq qilsinlar. Bolalar bemalol o’zlarini qiziqtirayotgan savollarini so’rasinlar. Quyida biz bolalar yoshlariga mos tavsiyalarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

Birdan uch yoshgacha bo’lgan bolalar

Garchi bu yoshdagi bolalar hali juda kichkina bo’lsalar-da, ammo Xudovand haqidagi ba’zi bir narsalarni yod olish qobiliyatiga egadirlar. Avvalo Xudo, Qur’on payg’ambarimiz (saov) ismlarini  kabi sozlarni bolalarga yodlatish kerak bo’ladi. Albatta bolalar bu so’zlarni ko’r-ko’rona yodlashlari mumkin, lekin buning hech qanday zarari yo’q. Chunki kattaroq bo’lgach kichikligida yodlagan so’zlarining ma’nosini tushunishga harakat qiladi. Islom psixologlarning aytishlariga qaraganda, muhimi bolalar bu so’zlarning kattalar tarafidan naqadar muhabbat bilan ado etishlarini ko’rishlari kerak.

Uchyoshdan besh yoshgacha



1 next