ENG BIRINCHI KELIN-KUYOVLAR KIM EKANLIGINI BILASIZMI?Hazrtati Odam (a.s) bilan bog’liq savollardan eng ko’p uchraydigani – bu qanday qilib u hazratning farzandlari bir-birlari bilan turmush qurib bola-chaqali bo’lishgan,axir aka-singiz orasida nikoh bo’lishi mumkin emas-ku? - qabilidagi savollardir. Bu borada bir necha ehtimol bor bo’lib ularni e’tiboringizga havola etamiz: 1. Odam (a.s) ning farzandlari aka-singillar o’zaro turmush qurishgan; 2. Hazrta Odam (a.s) dan ham insonlar yashashgan va ularning farzandlari hazrat Odamning farzandlari bilan turmush qilishgan; 3. Hazrat Odam (a.s) farzandlari farishtalar va jinlar bilan turmush qurishgan (ehnimoli zaif nazariya). Endi ana shu yuqorida keltrilgan ehtimollarni o’zaro solishtirib biror natija chiqarishga harakat qilamiz. Birinchi va ikkinchi ehnimollar islom ulamolari orasida mashhurroqdir, uchinchi nazariya esa unga dalolat qiluvchi hadislarning sanadi zaif bo’lgani uchun marduddir (qabul qilinmaydi). Shunday qilib, uchinchi ehnimol o’z o’zidan soqit bo’lib, biz yuqoridagi ikki nazariyalarni o’zaro solishtiramiz. Aka- singilning o’zaro turmush qurishi fahsh hisoblangani haqida aytib, alloma Tabanaboiy aytadiki, to’gri, hozirga kelib bu ish fasod hisoblanadi, lekin hazrat Odam (a.s) davrida bu manfur va fasod ish hisoblanmagan edi. Shuning uchun bu nazariya o’zini oqlaydi. Hazrat Odam (a.s) dan oldin odamlar bo’lgani haqidagi nazariya ham ehnimoldan uzoq ko’rinadi. Chunki Odam (a.s) ni birinchi inson sifatida taniymiz. Shunday qilib, birinchi kelin-kuyovlar o’zaro aka-singil edilar. HIDOYAT.ORG TAHRIRIYAT GURUHIDA TAYORLANGAN
|