QANDAY QILIB CHEKISHNI TASHLASH MUMKIN?Мен худога шукир 5 махал номоз укийман, узимга тугриман, ичмайман хам, лекин Ñегарит чокаман куп ÑÐ¼Ð°Ñ ÐºÑƒÐ½Ð¸Ð³Ð° 3-4 та ташлайман дейману иложи булмаÑпти хатто ташлаш у-н дори хам ишдим фойдаÑи булмади кийналиб кетдим. МаÑлахат берингизлар. Хурмат билан Садокат Javob; Tajribam bilan o’rtoqlashmoqchiman.
Qanday qilib chekishni tashlash mumkin?Sigaret chekishning harom ekanligi haqida yozganimizdan keyin ba’zi o’quvchilarimiz chekishni tashlamoqchi ekanligini, lekin buning yo’lini bilmasliklarini bildirgan edilar. Shu talablarni inobatga olgan holda chekishni tashlash haqida maslahat bermoqchimiz. Lekin bu maslahatni aslida biz emas, balki chekishni tashlagan bir birodarimiz yozgan. Nima bo’lganda ham boshdan o’tgan tabib deydilar-ku. Keling ana shu ukamizning so’zlariga quloq osaylik va kerakli xulosalarni chiqaraylik. Bismihhahir Rohmanir RohimMen yaqindagina Allohning yordami bilan chekishni tashladim. Men bu yaramas odatdan qutula olmasam kerak, deb o’ylar edim. Lekin Parvardigorga beadad shukrlar bo’lsinkim, chekish balosidan qutuldim. Shundan bkeyin umumiy ahvolim ancha yaxshilandi. Men hid bilish qobiliyatim va ishtaham yaxshilandi . menga o’xshab chekishni tashlashni istaganlarga maslahat bermoqchiman. Shu narsani aytib o’tishim kerakki, chekishni tashlash qiyin emas, lekin odatni tashlash qiyin. Boshqacha aytganda? Narki odat amri mahol-deydilar. Mtnga yordam bergan narsa – bu musulmon ekanligimdan g’ururlanish va musulmonchilikka dog’ tushirmaslik mas’uliyatidir. Sigaretning haromligini bilgandan so’ng o’z-o’zimga “Allohdan uyalishim kerak, axir chekish harom bo’ladigan bo’lsa, chekayotgan odam cho’chqa go’shti va yoki araq ichayotgan odam bilan bir xil bo’lib qoladiku†dedim. Chekayotganimda doimo o’zimgao’zim “Alloh menga halol rizq bergan, men esa harom narsa yeyayotgan noshukur odamga o’xshayapmanâ€der edim. Keyinroq hech bo’lmasa, birovlar ko’zi o’ngida chekmay, deb niyat qildim va hech kimga bildirmay oz chekadigan bo’ldim. Axir hazrat Rasululloh (saov)ning “Gunohni oshkor qiladigan odamlar mening ummatim emasdir†degan hadislarini o’qigan edim.yashirincha cheka boshlagandan keyin o’z-o’zidan chekishim soni keskin kamayib ketdi, chunki aksar vaqtlarda odamlar orasida edim. Ana shundan keyin har chekayotgan paytimda o’limni ko’z oldimga keltiradigan bo’ldim. Chunki gunoh ish qilayotgan odam, o’limni ko’zi oldiga keltiradigan bo’lsa, gunoh qilishdan qo’rqib qoladi. Endi chekish soni juda ham kamayib ketdiki, hatto unga chekish dab ot qo’yib bo’lmaydi. Kun ora 1-2 ta sigaret chekadigan odam, shunchasiga chidagan bu yog’ini ham yig’ishtirib qo’y, deb o’zimga aytdim. Doimo Alloh Taologa yordam berishini so’rab madad so’radim va natijada sigaretdan ko’nglim ayniydigan bo’lib qoldi. Oxir oqibatda men bu yaramas va juda zararli odatdan qutuldim. Ayolim va bolalarim ham juda xursand. Uning ustiga topadigan pulimga ham Baraka kirdi. Ha, Alloh irodasiga muvofiq ish qiluvchi odamning ham dunyosi va ham oxirati oboddir! HIDOYAT.ORG TAHRIRIYAT GURUHIDA TAYORLANGAN |