SHIALAR MUSHRIKMILAR?!



Barcha musulmonlar tavhid masalasida birdamdirlar va hammalari ham shirk keltirish nojoiz ekanligini aytadilar. Lekin nimani shirk v anima shirk emas ekanligida tafovuti nazarga egalar. Tavhid bir necha qismatga bo’linadiki, vahhobiylarning e’tiqodicha, ularning eng muhimi “uluhiyatda tavhid”dir.  Mo’taziliylar “Tavhid af’oliy’da ixtilof qilsalar, ashoiriylar “Tavhidi sifatiya”da ixtilof qiladilar. Lekin “Tavhidi Uluhiyada” hamma musulmonlar ittifoq nazarlari bordir.  Ammo ixtilof nima ibodat hisoblanadi va qaysi amal ibodat (sig’inish) hisoblanmaydi, masalasida tortishadilar.  Masalan, vahhobiylar har qanday ta’zim qilishlikni shirk deb biladlar. Biz ulardan shunday savol murojaat qilmoqchimiz, agar siz aytgandek ta’zim qilish shirk bo’ladigan bo’lsa, nima uchun Xudovand farishtalarga qarab, Odam (a.s)ga sajda qilinglar deb buyurdi. Agar vahhobiylar gapi to’gri bo’lsa, Xudo farishtalarga qarab “Menga shirk keltiringlar va Odamga sajda qilinglar” degan bo’lib qoladi (Astagfirulloh). Uning ustiga shayton-lain Odamga sajda qilmaganligi uchun jannatdan haydalgan edi. Vahhobiylar gapiga ko’ra, xuddi shayton shirk keltirishni istamadiyu, shuning uchun jannatdan quvilgandir. (Astag’firulloh). Demak har qanday ta’zim va ehtiromni shirk deyishga also haqqimiz yo’q!

Ba’zi amallar bir xil musulmonlar nazdida sig’inish hisoblansa, boshqa musulmonlar nazdida esa “ehtirom qilish va e’zozlash’ hisoblanadi. Bu ixtiloflarning sababi “ibodat va sig’inish” tushunchalarini hamma har xil tushunishidadir. Shuning uchun avvalo bu tushunchalar haqida oydinlik kiritishni lozim topdik.

Sig’inish so’zi turli tushunchalar bilan adashtirishliklar uchraydi:

1.    Sig’inish – bu ehtirom va ta’zimu- izzat ikromdir  Bunday tushuntirish ba’zi lug’aviy kitoblarda keltirilgan bo’lib, xato hisoblanadi. Nimaga deganda agar bunday bo’lsa edi dunyoda biror musulmon qolmay hamma mushrik bo’lib qolar edi. Axir hamma zamon va makonda odamlar o’zlaridan yuqoriroq martabali va yoki yoshi ulug’larga ehtirom va ta’zim qiladilar. Masalan, farzand o’z ota-onasi qarshisida, o’quvchi ustozi qarshisida, yoshlar keksalar qarshisida ta’zim va ehtiromda bo’ladilar.  Axir Alloh Taoloning o’zi farzandlarga qarat ota-onalaringiz qarshisida tavozu bilan turinglar deb buyuradi.

وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُل رَّبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيراً

Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va (duoda): "Ey, Rabbim! Meni (ular) go'daklik chog'imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin", - deb ayt! (Isro surasi, 24-oyat);

2.    Azamat va kamolot qarshisida xuzu’ qilish – sig’inishdir deganlar ham ibodat va sig’inish ma’nosini to’gri tariflamaganlar. Chunki “rob” so’zi faqat Allohga xos emas, balki har qanday mudabbir va tarbiyat qiluvchiga ham aytiladi (arab tilida) Endi Qur’oni Karimning quyidagi oyatiga diqqat qilsak ko’ramizki, farishtalar Odamga sajda qilishga buyurildilar. Sajda esa bu xuzu’ qilishning eng yuqori cho’qqisidir.

وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلاَئِكَةِ اسْجُدُواْ لآدَمَ فَسَجَدُواْ إِلاَّ إِبْلِيسَ أَبَى وَاسْتَكْبَرَ وَكَانَ مِنَ الْكَافِرِينَ

Eslang, (ey, Muhammad,) Biz farishtalarga: "Odamga sajda qilinglar!" - deb buyurishimiz bilan ular sajda qildilar. Faqat Iblis bosh tortib, kibr qildi va kofirlardan bo'ldi.

Uning ustiga Allohning anbiyolaridan biri hazrat Yaqub (a.s) Yusuf (a.s)ga sajda qilishdan nafaqat qaytarmagan balki o’zi ham qo’shilib sajda qilganligiga nima deysiz?



1 next