ALLOHNI TANISHFITRATIMIZDA BORDIR



Hayvonot olamiga bir nazar tashlang, bu yerda jamiyat ham, ijtimoiy ong ham yo‘q. Lekin hojat ushatgan mushukni kuzatsangiz, u, axlatini ko‘zdan yashirish uchun harakat qilishini ko’rishingizmumkin. U bu ibratni qaysi mushuklar jamiyatida o‘rgangan? U axlatni toza narsadan qanday ajratadi? Yoki mushuk biror yegulikni o‘g‘irlagan holatini kuzating: uni jinoyat joyida qo‘lga tushirib, urmoqchi bo‘lsangiz, o‘z aybini sezib, ko‘zlarini yumib oladi. Yoki bolalar bilan o‘ynayotgan mushuk tasodifan vazani sindirib qo‘yadi va ayb ish qilib qo‘yganini tushunib, tezda stol tagiga yashirinib oladi. Bularning hammasi «vijdon» deb atalmish tuyg‘u borligini isbotaydigan ma'lumotlardir.

Kaptarlardagi er-xotinlik sadoqati, otning oliyjanobligi, uning o‘z egasiga sadoqati va umrining oxirigacha unga bog‘lanib qolishi, arslonning mag‘rurligi, uning hech qachon o‘z qurboniga orqasidan kelib tashlanmaslik odati, tuyaning uyatchanligi, begona nazarni sezgan zahotiyoq urg‘ochisi bilan aloqani to‘xtatib qo‘yishi, - hayvonot olamida bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Ular bu odatlarni qaerda, qaysi hayvonlar jamiyatida o‘rganishgan?

Qohira shahrida sodir bo‘lgan mana bu hodisani olib ko‘ring. G‘azablangan sher o‘z o‘rgatuvchisi Muhammad Xuluvning orqasidan kelib, yelkasiga chang soldi va uni og‘ir jarohatladi. Voqea fojiali tugadi - sher o‘rgatuvchi og‘ir yaralardan vafot etdi. Shundan so‘ng sher ovqat yemay qo‘ydi, qafasning bir burchagida qimirlamay yotaverdi. Ovqatga ham odamlarga ham hech qiziqmay qo‘ydi. Keyin uni hayvonot bog‘iga o‘tkazishdi, ko‘ngil ochish uchun oldiga urg‘ochi sherni kiritishdi, lekin sher shu zaxoti mehmonni do‘pposlab, katakdan xaydab chiqardi. Uning tutqunligi ko‘p davom etmadi, bir kuni u gunohkor panjasini og‘ziga oldiyu, qaxr, g‘azab bilan toki jon taslim qilmaguncha uni g‘ajib tashladi.

Hayvonlar ham iztirob chekadi, qiynaladi, azoblanadi,g‘am chekadi, qayg‘uradi, gunohini yuvish uchun o‘z joniga qasd qiladi.

Sher qaysi yirtqichlar jamiyatida bu ajoyib ibratni egallagan? Umuman yovvoyi hayvonlar jamiyatida insonga yetkazilgan og‘ir jarohat uchun o‘zini o‘ldirishga chaqiruvchi qonun bormikin?

Qarshimizda turgan bunday olijanoblik, yaxshi xulq va vijdoniylik misollarini hatto insonda ham uchratish qiyin. Mana shuning o‘ziyoq vijdonning mohiyati to‘g‘risidagi moddiyuncha ta'rif va tasavvurlarning batamom barbod bo‘lganini ko‘rsatib turibdi.

Vijdon - har qanday tirik mavjudotning tabiatiga Alloh tomonidan joylab qo‘yilgan nurdir va jamiyat tarqqiyotining barcha bosqichlari bu ilohiy yog‘du ustidagi zang va g‘uborni artib-ketkazib turishini ko‘rib turganimizga va buni din ham tasdiqlashiga shak yo‘q! Ana shu hatto hayvonlarda uchraydigan vijdon so’zsiz insonda komilroq darajada mavjuddir. Buni ilmiy tilda “fitrat” deb ataydilar. Fitriy amallarga yaxshilik va yomonlik nima ekanligini ajrata olish qobiliyati, yaxshilik qilgan odamga minnatdorchilik hissi va hammadan muhimi biror narsaga sig’inish hissini tuyish kiradi. Shuning uchun har zamon va har makonda odam bor ekan biror dinga e’tiqod qilmay iloji yo’q. Hatto har qanday dinni inkor qiluvchi materialistlar ham o’zi bilmagan holda Xudoga ishonadilar, lekin Xudoning otini Tabiat deb qo’yishgan. Ha, hamma Xudoga ishonadi, lekin hamma ham Xudoning kim ekanligini tanivermaydi,shuning uchun ba’zilar butlarga, ba’zilar payg’ambarga xudo deb sig’inishadi.

Lekin asl Xudo – bu Alloh Taolodir va uni har bir odam ayniqsa qiyinchilikka duchor bo’lganida his qiladi. Cho’kayotgan odam qalbining ich-ichidan Allohga qarab yolvoradi. Agar menga najot bersang, albatta namoz o’qiyman, ro’za tutaman deb ahd-paymon ham qiladi. Najot topgandan so’ng esa g’ofil inson tezda bergan va’dasini unutadi va hech narsa bo’lmagandek o’z hayotini davom ettiradi.

Aziz o’quvchilar, nahotki,qalbimizda fitratan mavjud bo’lgan Allohga bo’lgan ishqimizni oshkor qilish uchun bizga balo va ofat yetishi shart bo’lsa?! Nahotki hayvonlarda ham oz bo’lsa-da uchrab turadigan vijdon, bizda butkul g’aflat pardasiga o’ralib ketgan bo’lsa?! Yaxshilab o’ylab yolg’on aralashtirmay o’zimizga javob beraylik va kerakli xulosalarni chiqaraylik.

Xudoni komilroq va yaqindan tanish uchun



1 2 next