Qanday qilib Allohdan va uning rasulidan meros olishimiz mumkin?Odamlar to hayot ekanlar o’z farzandlariga meros qoldirmaydilar, faqat bu foniy dunyoni tark qilganlaridagina o’z yaqinlariga meros qoldirishlari mumkin. Katta bog’u-rog’ga ega ota toki hayot ekan bolasiga bu bog’larini meros qilib bermaydi. Lekin o’lganidan keyin meros qilib usha yerini berishi mumkin, u ham bo’lsa gullab yashnagan bog’ni emas, balki o’lik yerni meros qilib beradi. Ammo doimo yashaydigan zotlar-chi? Ular nimani meros qilib qoldirib ketadilar? Doimo hayot egasi bo’lmish Alloh Taolo o’z bandalariga Firdavs jannatini meros qilib taqsimlagandir, faqat bandaning o’zi ana shu merosiga erishishi uchun o’z harakatini qilishi kerak. Badani o’lsa-da o’zi tiriik bo’lgan payg’ambarimiz (saqov) ning esa o’z ummatlariga meros qilib tashlab kegan narsalari – bu ilmdir. Ana shu ilm orqali ummat Allohga yaqinlashib Firdavsga, ya’ni unga atalgan merosga yetishishi mumkin bo’ladi. Demak, Firdavsning asl egasi Allohdir va u istagan bandalariga ana shu yerni meros qilib berishi mumkin. Qur’oni karimda aytilishicha: إنّ الارض لله يورثها من يشاء Yer Allohning mulkidir va U uni O’zi istagan bandalariga meros qilib beradi. Yer daganda ham dunyo va ham oxiratdagi Jannat bog’larini tushunishimiz kerakdir. Alloh bilan bo’lgan aloqa- Undan meros olish haqqini ta’minlaydi Agar inson o’z yaqini bilan aloqasini qat qilgan bo’lsa, meros olish huquqidan ham mahrum bo’ladi. Xuddi shunga o’xshab banda ham agar Alloh suygan axloqqa ega bo’lmasa va ibodati bilan Alloh bilan o’zaro aloqaga ega bo’lmasa, Undan meros olish huquqidan mahrum bo’ladi. Ham insonlar hayotidagi meros haqi va ham Alloh Taolodan meros olish o’zaro o’xshashlikka egadir. Har ikkala hjolatda ham meros qoldiruvchi bilan merosxo’r orasida o’zaro yaqinlik bor bo’lishi kerak. Faqat farqi shundaki, o’lgan odam meros tashlab ketganidan keyin usha merosning sohibi o’zgaradi, ya’ni merosxo’r mulk egasiga aylanadi. Lekin ilohiy merosda esa mulk egasi o’zgarmaydi, faqat merosxo’r foydalanish huquqiga ega bo’ladi. |