QABRDA NIMALAR KECHYAPTI EKAN?Boradigan manzillarimizdan biri qabr bo’lib, harkuni “Men g’ariblar uyimanâ€, “Men vahshat manzilimanâ€, “Yolgizlik uyimanâ€, “Men rohat va farog’at yerimanâ€rabi gaplarni deb qaytarib turadi. Qabrga qo’yishning birinchi bosqichi“Man la yahzuruhul faqih†hadislar kitobida yozilishicha, mayyitni qabr oldiga oborganda, uni darrov go’rga qo’yish kerak emas, balki avvalbir oz sabr qilmoq lozimdir. Chunki qabr ichida mayyitni turli mojarolar kutib turgan bo’ladi. Avval qabr oldiga keltirib bir oz kutilsa, mayyit qabrga kirish uchun o’zini tayyorlaydi. G’or ham Allohdan u yerda dahshatli voqealar ro’y bermasin deya Allohga yolvoradi. Shuning uchun shoshib mayyitni lahadga qo’ymaslik kerak, balki bir oz sabr qilib asta-sekin oz- ozdan yaqinlashtirib keyin qo’yilsa yaxshiroqdir. Alloma Muhammad Taqiy Majlisiy qabrdagi hodisalar haqida yozib jumladan bunday degan edi: Odam o’lganidan keyin uning ruhi badanidan ajraladi? Lekin “Nafs notiqa†degan qismati esa badandan butunlay ajralib ketmagan bo’ladi. Qabrga qo’yilgan badan savol-javob, qabr azobi yoki qabrdagi rohatchilikni sezishi uchun shunday bo’ladi. Shunday ekan qabrdagi yuzaga kelishi mumkin holatdan g’aflatda bo’lmaslik zarurdir. Imom Hasan Askariy (a.s)dan naql qilinadi: Qachon oralaringizdan birontasi bu dunyoni tark etsa, uni qabrga qoyishga shoshilmanglar, balki qabrga olib borganingizda lahadning ichiga emas, uning chetida bir soatga qo’yinglar. Shu vaqt ichida mayyit o’zini qabrda bo’ladigan savol-javob uchun tayyorlab oladi. Baro bin Ozib (paygambarimiz(saov)ning mashhur sahobalaridan biri) naql qiladi: Bir kuni rasululloh (saov) bilan ketayotgan edik, bir guruh odamlarning to’planib turganini ko’rib qoldik. Ul hazrat usha yerdagi odamlarga ishora qilib nima uchun yig’ilishganligini so’radilar. Shunda bir odamning vafot etganligini va hozir uni dafn qilish uchun go’r qazishmoqchi ekanligini aytishdi. Rasululloh (saov) tezlik bilan haligi tplanganlar yoniga ketdilar. Men ham nima gap bo’lar ekan, deb ul zotga ergashdim. Rasululloh (saov) qabr tepasiga bordilar-da u yerda tiz cho’kib o’tirdilar. Rasululloh (saov) ko’zlari to’la yosh bilan bunday dedilar: "اخوانى لمثل هذا Ùاعدوا" Ya’ni Birodarlarim , o’zlaringizni mana shunday kun kelishiga tayyorlab qo’ying – dedilar. Hazrat Fotimatuz-Zahro onamiz (salomullohi alayha) vasiyatlarida hazrat Ali (a.s)ga qarata bunday degan edilar: Meni bu foniy dubyoni tark qilganimdan keyin o’zingiz g’’usl qiling va kafanlang. Qabrga ham meni o’zingiz qo’ying va ustimdan tuproq torting. So’ng yuzimning ro’parasida o’tirib Qur’on va Duo o’qing, zero mayyitning eng saodatli daqiqalari tirik odam bilan qiladigan aloqasidir (ya’ni tiriklar o’tganlar uchun Qur’on va duolar ).
|