NIMA UCHUN IMOM (A.S) GA SODIQ DEB LAQAB QO’YISHGAN?



Sodiq so’zining ma’nosi “Rost so’zlovchi- demakdir. Ammo nima uchun aynan shu imom Sodiq deyilganligi haqida quyidagi hadislar naql qilingandir. Imom Hasan Askariy (a.s) ning Ja’far ismli o’gillari bo’lgan edi va u imomlikni iddio qilar edi.

Imom Ja’far (a.s) ning ham ismlari usha yolgonchi bilan bir xil bo’lganligi sababli bu imomga Sodiq laqabi berilgan edi. Imom Hasan Askariy (a.s) Ja’far – Kazzob haqida bunday degan edilar: O’glim Ja’fardan ehtiyot bo’ling, zero u Nuh (a.s) ning o’gli kabidir, ya’ni otasining dinida emasdir.

Abu Xolid Kobuliy imom Sajjod (a.s) dan bunday deb so’radi: Nima uchun oltinchi imomga Sodiq deyishadi, axir hamma imomlar sodiqlarku? Shunda imom Sajjod (a.s) bunday deb javob berdilar: Chunki uning beshinchi avlodining ismi ham Ja’far bo’lib, u imomlikni iddio qiluvchi kazzobdir. Shuning uchun bu ikki Ja’farlarni o’zaro adashtirmaslik maqsadida haqiqiy imomga Sodiq va u biriga esa Ja’fari - Kazzob deyiladi.