G’AZAB NAMOZDAN HOSIL BO’LGAN NURNI KETKAZADIBir kuni ish bilan Tehron ko’chalaridan ketayotgan edim, birdan muazzin azon aytib qoldi. Men namozni avval vaqtida o’qishni niyat qilgan holda shoshib Jome’ masjidiga qarab yo’l oldim. Hali jamoat namozi boshlanmagan va odamlar masjidga yig’ilishayotgan edi. Mening diqqatimni masjidning bir chetida berilib namoz o’qiyotgan bir kishi o’ziga tortdi. U shunday namoz o’qiyotgan edi-ki, go’yo butun olamda faqat u tanho bo’lib butun vujudi Robbisiga qartilgan edi. Men beextiyor uning xushu’ bilan namoz o’qishini hayrat bilan kuzatib turdim. Uning atrofini go’yo nur o’rab olgan edi. Men namoz o’qib bo’lgach usha kishining oldiga borib yaqindan tanishishni ichimga tugib qo’ydim. Jamoat namozi tugagach men haligi kishi tarafga yo’naldim. U masjiddan chiqib ketayotgan edi, men tezda unga yetib oldim. Lekin uning oldiga yaqinlashganimda ne ko’z bilan ko’rayki, boyagi obid odamdan asar ham qolmagan edi. Nimaga deysizmi, chunki u masjidda oyoq kiyimlarga qarab turadigan masjid xodimi bilan urushayotgan edi. Baland - baland ovoz bilan koyinayotgan bu odamning haligi nuridan hech narsa ko’rinmas edi, go’yo hozirgina namoz o’qib ko’z yosh to’kayotgan odam bu emas edi. Men afsus bilan unga qarab turdim-da bo’lib o’tgan mojarodan o’zimga kerakli xulosa chiqarib oldim. Ha, azizlar qiyinchilik bilan qo’lga kiritadigan nurimizni osonlik bilan qo’ldan berib qo’yish hech gap emas ekan! |