BISMILLOHâ€NING KUCHI
Kunlardan bir kuni hazrat rasululloh (saov)Madina atrofida yurgan edilar, quduq yonida qiynalib suv tortayotgan bir a’robiyni ko’rib qoldilar. Ul zot unga yaqinlashib, shuncha suvni nima qilasan?-deb so’radilar. A’robiy Tuyalarim uchun suv kerak-deb javob berdi. Shunda rasululloh (saov): Yordamlashish uchun senga mardikor kerak emasmi?-deb so’radilar. U: Kerak, faqat har tortib bergan chelaging uchun uchta xurmo beraman-dedi. Rasululloh (saov) rozi bo’ldilar. Ul zot yettita chelak suv tortib berdilar? Sakkizinchi chelakka kelganda esa arqon uzilib ketdi. Buni ko’rgan a’robiy qattiq g’azablanib ketdi va hazrat rasululloh (saov)ning muborak yuzlariga tarsaki tortib yubordi. Ammo hazrta indamadilar va qo’llarini quduqqa solib chelakni chiqardilar-da yana arqonga bog’lab berdilar va yo’llarini davom ettirib ketdilar. Hazratning muloyim raftorlarini ko’rgan a’robiy qattiq ta’sirlandi va qilgan ishiga juda afsuslandi, lekin rasululloh (saov) u y erdan uzoqlashib ketgan edilar. A’robiy rasulullohni urgan qo’lini olib shartta chopib tashladi va xushidan ketib qoldi. Bir karvon usha yerdan o’tib ketayotgan edi, ular quduq yonida bexush yotgan qo’li qonab yotgan odamni ko’rib unga yaqinlashishdi. Suv ichirib uni o’ziga keltirishdi v anima bo’lganini so’rashdi. U bo’lgan voqeani aytib berdi-da, meni rasululloh huzurioga oboringlar, deb yolbordi. Ular haligi odamni hazratning huzurlariga olib b orishdi. A’robiyni ko’rgan rasululloh (saov) uni darrov tanidilar, ammo qo’lining kesilganligini ko’rib hayron bo’ldilar va havotir olib, senga nima bo’ldi?-deb so’radilar. Haligi odam Sizga ko’tarilgan qo’limni kesib tashladim, veni kechiring-dedi. Paygambarimiz (saov) Iymon keltir va musulmon bo’l-dedilar. Lekin a’robiy-To qo’limni qaytadan ulab bermaguningizgacha iymon keltirmayman-dedi. Shunda hazrat kesilgan qo’lni olib o’z joyiga qo’ydilar-da “Bismillahir Rohmanir Rohim†deb duo qildilar. Haligi qo’l hech narsa bo’lmagandek yana o’z joyiga ulanib qoldi va butunlay sog’ayib ketdi. Buni ko’rgan a’robiy baland ovozda “La ilaha illallohu Muhammadan rasululloh†deb iymon keltirdi. |