NIMA QILSAK NAMOZ O’QISHIMIZNI QALBIMIZDAN HIS QILA OLAMIZ?Namoz ma’nosi nima?Namoz bu Allohni zikr etish va shukrini ado etishdir. Agar inson o’zining haqiqiy insoniy hayoti nimada ekanligini bilmasa, unda unday odamning namoz o’qishga hech qanaqa ehtiyoji yo’qdir. Chunki uning hayotidan maqsadi faqat yaxshi yashash, ya’ni uy-joy, yaxshi mansabga ega bo’lish va boshqa dunyoviy matolargba egalik qilish. Bunday odamlar namoz o’qishga ehtiyoj sezmaydilar, bo’sh vaqtlarini musiqa eshitish yoki turli ishqiy romanlarni o’qish bilan o’tkazadi. Bundan ham yomoni tafakkuri ularnikidan ham pastroq odamlar turli axloqsizliklar, maishat va kayfu-safo, narkotik moddalar va ichkilikka ruju qo’yadilar. Ammo tafakkur va aqlga ega insonlar esa bu hayotda agar faqat yeb-ichish uchun yashaydigan bo’lsak, hayvonlardan farqimiz faqat shundaki, hayvonlar pastroq darajada va bizlar yuqoriroq darajada bir xil maqsad bilan yashaydigandek bo’lib qolamiz. Lekin imsonning yaratilishidan maqsad hayvonniki bilan bir xil bo’lishi mumkin emas, inson yuqoriroq maqsad uchun yaratilgan, bu maqsad – uning kamolotga yetishidir, kamolotga yetish uchun esa ibodat qilish zarurdir, deb fikrlaydi.axir insonning umri faqat bu dunyo bilan o’lchanmaydi, balki boshqa abadiy olam ham orki, na usha abadiy hayot insonning asl yashaydigan yeridir. Bir donishmandning aytishicha “ hayotga lazzat bag’ishlaydigan narsa – bu yetishish emas, ana shu yetishish yo’lidagi intilishdir, boradigan yer emas, unga olib boradigan yo’ldirâ€. Ha, agar bu tarafdan olib qaraydigan bo’lsak, insonning hayotiga lazzat beradigan narsa – uni jannatga (maqsadga) eltuvchi yo’ldir – ibodatdir. Ibodatlarning eng ko’zga tashlanadigan xili esa namozdir. Albatta biz aytadigan o’xshatishlarimiz Qur’oni Karimda aytilgan birgina jumlaning go’zalligiga aslo tenglasha olmaydi. “Allaziyna yuminuna bil g’oybi va va yuqimuna solatâ€, eng yaxshi bandalar (Allohni) “ko’rmay turib turib iymon keltirgan va Unga namoz o’qiydiganlardirâ€. |