SAVODSIZ FARISHTALARImom Sodiq (a.s ) ning sahobalaridan bo’lmish Mufazzal bir kuni imomdan bunday deb so’radi: Yeru-osmonlarni Xudovand yaratishidan oldin sizlar qayerda edingizlar? Mufazzalning bu savolini o’qib sizlar ham taajubga tushgan bo’lishingiz mumkin. Tavba, shunaqa ham bemani savol bo’ladimi?-deb. Ammo shoshilmang, axir hazrat Odam (a.s) jannatdan quvilgan paytlarida “Muhammad va uning oilasi haqqi meni kechir, ey Robbim†deganini va shu gap tufayli Alloh ularning gunohlarini kechirganini bilamizku. Shuning uchun Mufazzal qiziqib imomdan shu savolni so’ragan bo’lsa ajab emas. Endi imomning bergan javobini eshiting. Bizlar Allohning nurlari edik va doimo Allohga tasbeh aytar edik. So’ngra Xudovand farishtalarni yaratdi va ularga tasbeh aytishlarini buyurdi. Ular esa “Biz tasbeh aytishni bilmaymizâ€- deyishdi. Alloh bizlarga “sizlar tasbeh ayting†deganda bizlar (ya’ni Muhammad (saov) va uning oilasi) tasbeh aytdik va farishtalar bizlardan uni o’rganishdi. Endi o’zingiz o’ylab ko’rib aytinglarchi, nahotki farishtalarga ustozlik qilgan ahli baytdan har narsani, jumladan tasbeh aytishni ham o’rganmasak nima degan odam bo’lamiz? Axir ularni Alloh Taolo bizlarning oramizda shuning uchun yaratganku. |