NECHA PUL TURISHINGIZNI BILASIZMI?Ha, aziz o’quvchilar, savolimizni oqib ajablanmang. Narxingizni so’rashimizning nima aybi bor? Axir har narsani sotib olib pulga chaqishga o’rganganmiz. Keling bizlarning narx-navoimiz haqida rasululloh (saov) nima deganlariga quloq osaylik. Ul zot bunday deb marhamat qilgan edilar: Ù…ÙŽÙ† كانَ Ù‡ÙمَّتÙه٠ما یَأكÙÙ„ØŒ كانَ Ù‚ÙیمَتÙه٠مَا یَخرÙج٠مÙÙ† بَطنÙÙ‡Ù Arab tilini tushunmaydiganlar uchun yuqoridagi hadisning ma’nosini tushuntirishga majburmiz. Rasululloh (saov)bunday dedilar: Kimning qilgan butun sa’yu-harakati faqat yeb-ichish uchun bo’ladigan bo’lsa, usha odamning qadri - qornidan chiqadigan axlati qiymati bilan tengdir. Yuqoridagi hadisni sharhlashga ortiqcha hojat yo’q deb hisoblaymiz, chnki hammasi tushunarli qilib bayon qilingandir. Hadis bizga nima demoqchi? Aytmoqchiki, yaxshi odam ovqat yeydi, yaxshi ovqat ham yeydi,lekin asl maqsadi faqat yeyishgina emasdir. Amiral mo’minin hazrat Ali (a.s) aytishicha, faqat yeyish maqsadi bilan yashaydigan odam, hayvondan katta farqi yo’q. Albatta yeyish deganda faqat oziq-ovqatni emas, balki har qanday ishntaha beruvchi narsani ya’ni shahvatni ham nazarda utmoq lozimdir. Inson uchun eng muhim va hatvonlardan ajratib turuvchi - bu ruhiy oziqlanishdir. Ruhiy oziqlanish natijasida ruh o’sadi va katta ruh egasi esa kamolga yetishga yaqinroqdir. Ruhi katta odamlarga yaqin yursak bizning ruhimiz ham undan tasirlanib o’sadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, har birimiz o’zimizdan necha pulga arzishimiz haqida so’rasak yomon bo’lmas edi. |