NIMA UCHUN IMOM JA’FAR (A.S) GA SODIQ DEB LAQAB QO’YISHGAN?Sodiq so’zining ma’nosi “rost so’zlovchi- demakdir. Ammo nima uchun aynan shu imom Sodiq deyilganligi haqida quyidagi hadislar naql qilingandir. Imom Hasan Askariy (a.s) ning Ja’far ismli o’gillari bo’lgan edi va u imomlikni iddio qilar edi. Imom Ja’far (a.s) ning ham ismlari usha yolgonchi bilan bir xil bo’lganligi sababli bu imomga Sodiq laqabi berilgan edi. Imom Hasan Askariy (a.s) Ja’far –Kazzob haqida bunday degan edilar: O’glim Ja’fardan ehtiyot bo’ling, zero u Nuh (a.s) ning o’gli kabidir, ya’ni otasining dinida emasdir. Abu Xolid Kobuliy imom Sajjod (a.s) dan bunday deb so’radi: Nima uchun oltinchi imomga Sodiq deyishadi, axir hamma imomlar sodiqlarku? Shunda imom Sajjod (a.s) bunday deb javob berdilar: Chunki uning beshinchi avlodining ismi ham Ja’far bo’lib, u imomlikni iddio qiluvchi kazzobdir. Shuning uchun bu ikki Ja’farlarni o’zaro adashtirmaslik maqsadida haqiqiy imomga Sodiq va u biriga esa Ja’fari - Kazzob deyiladi. |