PAYGAMBARIMIZ (SOLLOLOHU ALAYHI VA OLIHI VASALLAM) NING ISMLARIHazrat rasululloh (Sollolohu alayhi va olihi vasallam) tugilgan kunlaridan yetti kun o’tgan edi. Hazrat Abdulmutallib nevaralari uchun Allohga shukr qilish niyati bilan qo’y so’yib Quraysh arablarini katta ziyofatga chaqirdilar. Kelgan mehmonlar ul hazratdan “Nima uchun nevarangning ismini Muhammad deb qo’yding. Bu ismni qo’yish bizlarning oramizda rasm emasku?†deb so’rashdi. Shunda Abdulmutallib bunday deb javob berdilar: Bu ismni tanlashimning sababi, men nabiramning yeru-osmonlarda maqtalishini istayman. (Arab tilida “Muhammad†degani “maqtalgan†degan ma’noni bildiradi). Shuni ham aytib o’tishimiz kerakki, arablar orasida Muhammad ismi juda oz uchrar edi. Ana shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, bu ismni qo’yishda hazrat Abdulmutallibga ilhom nozil bo’lgan. Muarixlarning bergan ma’lumotlariga ko’ra usha davrda arablar orasidan hammasi bo’lib, o’n oltita Muhammad ismli odamlar otgan edi. Tarixchi shoirning aytishicha: ان الذین سموا باسم Ù…Øمد من قبل خیر الناس ضع٠ثمان -- «سیره Øلبىâ€Â»ØŒ ج 1/97 Ya’ni Eng yaxshi banda Muhammaddan oldin shu ism bilan nomlanganlarning soni sakkiztadan ikki barobar ko’p (o’n oltita)bo’lgan edi. Ma’lumki, bir nomli odamlarning kam bo’lishi - bu ularni tayin qilish ishida kamroq xato qilishga olib keladi. Fikrimizni to’laroq bayon qilmoq uchun misol keltiramiz. Tavrot va Injilda paygambarimizning ismlari keltirilgan edi. Shu bilan birga ularning boshqa alomatlari ham keltirilgan edi. Shuning uchun paygambarimizni boshqalardan ajratish ham osonroq bo’lgan edi. Chunki ul hazratda kitoblarda keltirilgan boshqa xislatlar bilan birga ismlari ham boshqalardan ajralib turar edi. Boshqa din vakillari gohida paygambarimiz (Sollolohu alayhi va olihi vasallam) nomlari haqida turli fitnalar to’qib chiqarishadi. Ularning iddiolari bo’yicha Qur’onda ham Ahmad va ham Muhammad haqida gap yuritiladi va bu ikki nafar odam mutlaqo boshqa –boshqa odamlardir. Aslida esa unday emas. Paygambarimiz (Sollolohu alayhi va olihi vasallam) tugilganlaridan keyin ul zotning onalari hazrat Omina farzandlariga Ahmad deb nom qo’ygan edilar, bobolari Abdulmutallib esa Muhammad deb nomladilar. Rasululloh (Sollolohu alayhi va olihi vasallam) Qur’onning Oli Imron, Ahzob, Muhammad, Fath suralari 138, 2, 29, 40 –oyatlarida Muhammad nomi bilan, “Saf†surasining oltinchi oyatida esa “Ahmad†ismi bilan zikr qilinganlar. Har ikkala holatida ham bir dam, ya’ni rasululloh (Sollolohu alayhi va olihi vasallam) nazarda tutilgandirlar. |