Bizning kunimizda ro’y bergan mo’jizalar



·         Sayyid Muhsin Zahroyi hikoya qilishicha, bir kuni uyimizga Eron Islom inqilobining rahbari imom Xumayniy (r.a) mehmonga keldilar. Men u paytda yosh bola edim va og’ir dardga mubtalo bo’lgan edim. Imom meni ko’rib boshimni siladilar. Men ularga qarab: Meni duo qiling ahvolim ayanchlidir, kasalim og’irdir dedim. Ul kishi duo o’qidilar so’ng boshimni silab qo’ydilar. Men uyquga ketdim ertalab uyg’onganimda esa kasalimdan asar ham qolmagan edi.

Ali Ironpurning aytib bergan xotiralariidan

·         Hujjatu islom val muslimin Hoj Sayyid Taqiy Daricheyi saraton kasaliga mubtalo bo’lib kundan kunga ahvoli og’irlashar edi. Bir kuni ul zot meni huzuriga chaqirdilarda bunday dedilar: Olim Isfahoniyning yomon kasali hazratning (imom Xumayniy)ko’ylagidan shifo topgan edi. Iltimos hazrat huzurlariga borib ul zot ko’ylaklarini so’rab bering. Men imom huzuriga borib bo’lgan voqeani aytib berganimda ul zot tabassum qildilarda “Mabodo mening ko’ylagim ham hazrat Yusuf (a.s) ko’ylaklari kabi el o’gziga tushmasin”dedilar. So’ng bo’lgan voqeani hech kimga aytmasligimni sharti bilan o’z ko’ylaklarini berib yubordilar. Men ko’ylakni olib kasal olim Hoj Sayyid Taqiy huzurlariga qaytib bordim. U kishi bu ko’ylakni bir hafta tanlaridan qo’ymay kiyib yurdilar. Shundan keyin batamom shifo topdilar. Bergan va’damga ko’ra men bu voqeani imom  hayotlik choqlarida hech kimga aytmadim.

·         Qarindoshlarimizdan biri ayollarda uchraydigan saraton kasaliga mubtalo bo’lgan edi. Bir kuni bizning uyimizga kelib ajoyib tush ko’rganligini aytib berdi. Tushida imom Xumayniy o’z ko’ylagini usha ayolga berib: Buni kiyib olsangiz insha Alloh shifo topasiz-deb aytgan ekan. Usha ayol mening imom bilan raftu omadim qilishimni bilar edi, shuning uchun bizning uyga kelgan ekan. Men imom bilan gaplashib ko’raman deb va’da berdim. Imom hazratlarining o’gillari marhum Sayyid Ahmad usha paytda tirik edi, men unga bo’lgan mojaroni hikoya qilib berdim. Otalari eshitgandan keyin meni ko’rishni istabdilar, men imomga hammasini boshidan aytib berdim. Imom ko’ylaklarini berishga rozi bo’lmadilar, lekin men iltimos qildim va hech kimga aytmayman deb so’z berdim. Imom zo’rg’a o’zlari kiygan ko’ylaklaridan menga berdilar. Haligi ayol ko’ylakni olib o’z shahriga (Isfahonga) qaytib ketdi. Ko’p o’tmay uning butunlay sog’ayib ketganligining shohidi bo’ldim. Bu haqiqiy mo’jiza edi, cunki doktorlar “aslan umid yo’q, tayyor bo’lib turinglar” deb aytishgan edi.

(Ali Ironpurning aytib bergan xotiralariidan).

·         Hazrat imom Xumayniy kasal paytlarida kasalxonada yotgan edilar. Kunlardan bir kuni u kishining kislorod ulanadigan idishlarida kislorod tugagan edi. Men borib boshqa ballon bilan qaytib keldimda uni almashtirishni istadim. Lekin nimagadir imom o’z yotoqlarida yo’q edilar. Men hayron bo’lib, balki hojatxonaga kirib ketgandurlar, dedim lekin u yer ham bo’sh edi. Men yarim kechada kasal imom qayerga ketishlari mumkin deb havotirga tushdim. Shuning uchun darrov hamshiralarni xabarladim.biz ko’pchiliklashib imomni butun kasalxona bo’yicha izlashga tushdik. Ammo hamma harakatimiz benatija edi. Oradan ko’p otmay zora imom biron narsa yozib qoldirgan bo’lsalar deb palataga yana qaytib kirdik. Ne ko’z bilan ko’raylikki, imom o’z karavotlarida tabassum qilgan holda yotar edilar. Ularning birdan g’oyib bo’lishlari va yana paydo bo’lib qolishlari siri haqida hech kimga aytib bermadilar.