Ka’baning fazilatlari



Qur’oni Karimda Ka’ba haqida bunday deyiladi:

إِنَّ أَوَّلَ بَيْتٍ وُضِعَ لِلنَّاسِ لَلَّذِي بِبَكَّةَ مُبَارَكاً وَهُدًى لِّلْعَالَمِينَ * فِيهِ آيَاتٌ بَيِّـنَاتٌ مَّقَامُ إِبْرَاهِيمَ وَمَن دَخَلَهُ كَانَ آمِناً وَلِلّهِ عَلَى النَّاسِ حِجُّ الْبَيْتِ مَنِ اسْتَطَاعَ إِلَيْهِ سَبِيلاً وَمَن كَفَرَ فَإِنَّ الله غَنِيٌّ عَنِ الْعَالَمِينَ

* Albatta, odamlar (ibodati) uchun qurilgan birinchi Uy - Bakka (Makka)dagi muborak va olamlar uchun hidoyat (manbai) bo'lmish (Ka'ba)dir.

*  Unda aniq alomatlar - "Maqomi Ibrohim" bordir*. Unga (Ka'baga) kirgan kishi omonda bo'lur. Yo'lga qodir bo'lgan odamlar zimmasida Alloh uchun Baytni haj qilish (farzi) bordir*. Kimda-kim (buni) inkor etsa, bas, albatta, Alloh olamlardan behojatdir.(Oli Imron surasi, 96 va 97 oyatlar);

1. Paygambarimiz (saov) aytishlaricha yer yuzidagi qurilgan eng birinchi masjid bu Ka’badir.

2. Hazrat Ali(a.s) aytishicha Ka’badan oldin uylar bor edi, lekin Allohga ibodat qilish uchun qurilgan birinchi masjid bu Ka’batullohdir.

3. Imom Boqir (a.s) yuqoridagi keltirgan oyat haqida bunday dedilar: Ka’ba Yer jinsidan yaratilgan  birnchi binodir, Ka’ba qurilgandan keyin yer yuzi ham kengayib ketdi.

4. Paygambarimiz (saov): Alloh nazdida eng qimmatli to’rtta uy bordir: biri Ka’batulloh, keyin Baytul Aqso, keyin masjidlar va to’rinchisi esa ichida  Qur’on tilovat qilinadigan uylardir-deb marhamat qildilar.  

5. Paygambarimiz (saov) Ka’bani tavof qilganlaridan so’ng rukn yamoniy oldiga kelib bunday deb duo qildilar: Allohim Ka’bangni tavof qilishga muyassar bo’lganim uchun, meni paygambarlaringdan va Alini imomlardan qilib qo’yganing uchun O’zingga beadad shukrlar bo’lsin! Xudoyo bu yerga eng yaxshi bandalaringni yo’llab yomonlarini esa bu yerdan uzoq qil!

6. Zarora imom Boqir (a.s)dan rivoyat qiladi. Imom Ka’baga ishora qilib bunday dedilar: Alloh uchun eng sevimli makon bu yerdir.shu makonning hurmati uchun Alloh to’rt oyni harom deb (ya’ni urush qilish harom qilingandir) e’lon qilgandir. Uch oy ketma-ket kelgandir va Haj amali bajarilishligi uchun bu oylar harom oylardir: Shavvol, Zul Qa’da va Zul Hajja ,a yana bir oy Rajab oyi umra qilish uchun harom qilingandir.



1