BILASIZMI?Bir kuni men Baytulloda ekanligimda imom Boqir (a.s)dan nima uchun bu yer Baytul atiq deb nomlangan?-deb so’radim. Ul zot bunday deb marhamat qildilar: Alloh Taolo yer yuzidagi hamma uylarni egalik qilib yaratgan, illo Ka’baning (odamlar orasidan) egasi yoq’dir. Shuning uchun unga “Ozod uy†yoki Baytul Atiq deyishadi. Imom Sodiq (a.s) ul zotga yuqoridagi savol bilan murojaat qilinganda shunday dedilar: Hazrat Nuh (a.s) davrlarida butun yer yuzi suvga g’arq bo’lganida faqat Ka’bagina g’arq bo’lmay halok bo’lishdan ozod bo’lgan edi. Shuning uchun unga Ozod uy yoki Baytul Atiq deb aytishadi. 3. Baytullohil harom ;Hannon imom Sodiq (a.s)dan rivoyat qiladi. Bir kuni men imomdan nima uchun Ka’bani Baytullohil harom deb aytishadi?-deb so’radim. Bunday deb javob berdilar: chunki u yerga mushriklarning kirishlari haromdir!
|