Imomlarning vujudidan bahra olish



Odamlar paygambarimiz (saov) ning vujudlariga qanday muhtoj bo’lsalar, imomlar huzuriga ham juda muhtojdirlar.Lekin imomlar vahiy nozil bo’lishi ne’matidan mahrumdirlar. Shunday bo’lsa ham ularning borliklari ummat uchun (nafaqat ummat balki jami basher uchun) foydadan xoli emas. Ana shu foydalarni sanab o’tadigan bo’lsak bu masalani chuqurroq anglab yetgan bo’lamiz:

1. Imomlar ma’naviy kamolotga eltuvchi rahnamodirlar  

Avvalo jahonning gavhari bo`lmish  insonning yaratilishidan maqsad nima ekanligi haqida so`z yuritamiz. U kamolot sari bo’lgan uzoq masofani, egri va to`g`ri  uzoq yo`lni bosib o`tishi kerak. Shuning uchun bu yo`lda unga rahbarlik qiluvchi begunoh rahbar bo`lmasa maqsadiga yetib borishi mumkin emas. Chunki dunyo qorong`ilikdir va unda adashib qolishlik hech gap emas, zulmatdan ya’ni adashib ketishlikdan  qo`rqish kerak. To`g`ri insonga aql berilgan osmoniy kitob berilgan, vijdon berilgan lekin shunday bo`lsa ham ko`p hollarda odam ikkilanib qaysi tarafga qarab qadam olish kerakligini bilmay qoladi va ilohiy rahbarga muhtoj bo`ladi. Shuning uchun imomlarni insonlarni maqsadga yaqinlashtiruvchi , adashishlardan saqlaydigan vosita deb qarash mumkin.

2. Shariatni turli bid’at va xurofotlardan saqlovchilar

Ilohiy dinlar anbiyolar qalbiga nozil bo`lganida shaffof qatralar kabi bo`ladi, lekin jamiyatning chirkin qalbiga kirib borgach vaqt o`tishi bilan o`zgartirib xurofot va bid`atlar bilan aralashib ketadi.  Shuning uchun o`zining avvalgi jozibasi va tasir kuchini qo`ldan boy beradi. Shuning uchun imomning bu o`rinda roli beqiyosdir va u adashishlarning oldini olib dinning musaffoligini saqlashga xizmat qiladi. Hazrat Ali (a.s) o`zining Nahjul Balog`a kitobida bu haqda quyidagicha aytgan:

Hech vaqt yer yuzi Allohning hujjatidan ko`zga ko`rinadimi yoki pinhon bo`ladimi   xoli bo`lmaydi. Darhaqiqat imomning qalbi omonatni saqlovchi sanduq kabidirki, uning ichida hamma narsa sog`lom saqlanadi.

3. Ummatning ijtimoiy va siyosiy rahbarligi

Shak –shubha yo`qki, hech jamiyat va hech bir guruh rahbarsiz yashay olmaydi. Shuning uchun qadim zamonlardan odamlar o`z qabilala, millat va guruhlariga birontasini rahbar qilib tayinlashar edi. Gohida bu rahbar solih banda bo`lsa, aksari hollarda esa nosolih odamlar bo`lishgan .  Hukumatni  qo`lga kiritish uchun har xil zulm qilishdan ham qaytmas edilar va zo`ravonlik bilan saltanatni qo`lga olishar edi. Bu bir tarafdan bo`lsa boshqa tarafdan esa inson kamolotga yetishi uchun jamiyat bilan birga harakat qilishi kerak, chunki u tanholikda moddiy va ma`naviy tarafdan ojizdir. Shunday ekan butun jamiyat birgalikda kamolot sari harakatlanishi kerak va bu yo`lda to`g`ri nizomga asoslangan qonunchilikka ehtiyoji bor. Hammaning huquqi himoya qilinadigan, har bir odamning iste`dodidan boxabar va hamma odamlarni birlashtirib taraqqiyotga boshlaydigan jamiyat bo`lishi kerak. Lekin odamzot xatokor va bunday qudratga ega bo`lmagani uchun Xudovand tarafidan vakil qilib tanlangan ma`sum va begunoh odam  bu ishlarga nozir bo`lishi kerakdir. Shuningdek bu o`rinda  oldingi darslarda aytganimiz  “Qoidai lutf” bilan ham imomga bo`lgan ehtiyojni tushuntirish mumkindir.

4. Haqiqatni yetkazib qo`yuvchilar

To`g`ri  yo`lga hidoyat qilish vazifasi nafaqat bu yo`lga intiluvchilar uchundir, balki adashgan va hidoyat bo`lishdan bo`yin tovlaydiganlar uchun ham taaluqlidir. Chunki qiyomatda ular “Agar bizni haq yo`lga boshlovchi bo`lganda edi, biz ham hidoyat bo`lar edik”-degan bahonani keltirishlari mumkin. Boshqacha aytganda uzrli sabab qolmaslik uchun hammaga haq yo`l aniq ko`rsatilishi kerak.  Biluvchilar iymonlari komilroq bo`lishi uchun va bilmaganlar bilib qo`yishlari uchun hujjat bo`lmish imomning roli beqiyosdir.

5. Imom- osmon va yer orasini bog’lovchi vositadir

Ko`pchilik ulamolar jamiyatda yoki butun jahonda nabiy yoki imomning vujudini badandagi yurakka o`xshatadilar. Agar yurak ursa butun badanga qon yetkazib berish mumkin bo`ladi va butun badanni oziqlantiradi. Ma`sum rahbar insoniyat karvonining boshida ketayotgan yo`lboshchi kabidir. Xudovand tarafidan tushayotgan fayz unga tushadi va karvon a`zolari qanchalik yo`lboshchiga yaqin aloqada bo`lsa bu fayzdan ham ko`proq bahramand bo`ladi. Aytganimizdek bu rahbar tanadagi yurak kabi zaruriy bo`lib bashariyat uchun  ilohiy fayz vositasi hisoblanadi. (diqqat qiling!)  Albatta shuni bilib qo`yish kerakki na imom va na payg`ambar o`zidan biron narsaga ega bo`lmay hammasi Xudo tarafidan ularga berilgan. Ular fayz vositasilar va insoniyatning har qanday qatlami  uchun suv va havodek zarurdirlar.