Muharram oyining birinchi kunida ro’y bergan mo’jiza



Essizgina onaya, pahlavondek o’g’li Alloh yo’lida shahid bo’ldi, bu juda katta baxtdir, ammo bu yil onaning ahvoli har yildagidan ko’ra ayanchliroq, qarilik uni yengib qo’ygan edi. Uning niyati esa imom Husayn  (a.s)ning azasiga har yildagidek ehson qilish edi. Shahidlar Allohning oldida yuqori martabaga egalarku, nega endi bu yilgi nazrini ado etishga yordam bermayapti? Tehronning qadimgi ko’chalaridan birida kichik soddagina uyi “Javodul aimma” masjidi yaqinida edi. Bu mahalladan ko’p yigitlar shahid bo’lishgan, hatto aytish mumkinki, uning har bir metriga bittadan shahid to’g’ri keladi. Onaxonning Mehrdod ismli (familiyasi Rahimiy) va Asg’ar Behfar ismli kuyovi ana shu mahalla shahidlaridandirlar. Bu shahidlarning firoqida  masjid ahli yuragi bechora onaning qalbi kabi torayib qolgan edi. Ha, sog’inch o’g’ir tuyg’udir. Usha kuni oqshomda qalbi sog’inchdan entikkan kampir juda chanqadi va suv ichish uchun asta sekin tashqariga chiqdi, lekin birdan ko’zlarining oldi qorong’ilashib ketdi va u yerga yiqildi. Yaxshiyamki xushidan ketdi, aks holda og’ir dardga bardosh berolmagan bo’lar edi. Asl voqea nima bo’lganligini tushunish uchun onaxonning boshqa o’g’li Rizoning gaplariga quloq osaylik…

Onamlar yiqilib tushganlarida tezda ularni “Rasululloh” kasalxonasiga olib bordik. Baraka topgur bir doctor onamlarni tekshirgandan keyin meni oldiga sekin chaqirib oldi-da, yumshoqlik bilan yotig’I bilan bunday dedi: Agar onangiz tirik qolishlarini istasang, vaqtni boy bermay “Xotamul anbiyo” kasalxonasiga olib boring, u yerda operaciya qilinishlari lozimdir”.  Bu kasalxonaning otini eshitishim bilan xursand bo’lib ketdim, chunki mening “shahidlar oilasi uchun” degan maxsus kartam bor edi va aytilgan kasalxona ham maxsus shahidlar xonadonlari uchun mo’ljallangan edi. Ammo u yerga borganimda “Joy yo’qdir” degan javobni eshitdim. Lekin bu yerga kelishdan oldin u yerda joy borligini bilgan edim, shuning uchun “axir bo’sh joy borligini aniq bilaman-ku”-dedim. Joy ham bor,deb faraz qilaylik lekin u joy boshqacha kasallarga mo’ljallangan-dedi. Men boshqa shifoxonaga ketishga majbur bo’ldim. Bu xususiy shifoxona bo’lib u yerga onamni joylashtirdim… ammo afsuski mana to’rt kundirki onamlar bexush holda edilar. Men tushkunlikka tushgan edim, ammo katta opamlar umidlarini qo’ldan bermagan edilar. Ular Mashhad shahriga safar qildilar va u yerda imom Rizoni ziyoratiga kirib Allohdan yolvorib duo qildi. Keyin esa shahid akam Mehrdodga xitob qilib bunday dedilar: Ey Alloh yo’lida shahid bo’lgan Mehrdod. Onamlarning ahvollaridan xabaring bor, nahotki ularning Muharram oyini ko’rishlarini istamayotgan bo’lsang?” (opam “shahidlar tirikdirlar va ko’p narsalardan xabardor ekanligiga ishonar edilar, shuning uchun ukalari bilan ana shunday gaplashgan edilar). Opam ana shunday duolarga mashg’ul holida, ya’ni aynan usha oqshom birdan onamlar o’zlariga keldilar. Shifokorlar uchun bu hol kutilmagan edi, chunki ul zot oldingi sog’ paytlaridan ko’ra ham sog’lomroq edilar. Men ularni ko’rib ko’zlarimdan yosh qalqdi, onam esa tabassum bilan menga boqar edilar . Menga qarab turgan hollarida birdan bir narsa eslariga tushgandek “ Rizojon bolam, bilasanmi bugun nechanchi?” Men necha kundan beri o’zimni o’qqa-cho’qqa urib yurgan edim, shuning uchun also nechanchi chislo ekanligini bilmas edim. Palataga kirib kelgan hamshiradan so’ragan edik, u “Bugun Muharram oyining birinchi kunidir”-deb javob berdi.