TARIX



Karbalo fojeasi tahlili

Nima uchun aziz payg’ambarimiz (saov) rihlatlaridan hech qancha zamon o’tmay turib ul zotning nevaralari hazrat imom Husayn (a.s) mudhish holatda shahid bo’ldi? Buning bir necha omillari bo’lib ularni ko’rib chiqamiz. Omillardan uchta bo’lib Muoviya ulardan suistefoda qilgan edi:

1.Tablig’ot;  Har bir siyosatmador hukumatga kelgandan keyin tablig’ot ishlarini (agitaciya va propaganda) olib borib xalqning umumiy fikru –andishasini o’zgartirishga harakat qiladi. Usha zamondagi kuchli targ’ibot vositalaridan hisoblangan adabiyot va san’at dan Muoviya ustalik bilan foydalangan edi. Ayniqsa arablar orasida  she’rxonlik keng rivojlangan bo’lib, odamlar orasida kuchli nufuzga ega bo’lgan edi. Muoviya birovlarni maqtab yozilgan madh she’rlari matniga o’z ismini qo’shib qo’ydirar va aksincha yomonlab yozilgan qismlarga esa o’zining dushmanlari yoki u bilan muxolifat qiluvchi har qanday odamlarning ismlarini qo’shdirib qo’yar edi. (Albatta laganbardor shoirlar ham usha davrda topilar edilar va ular Muoviya istagan mavzuda u istagan uslubda she’r va qasida qilib yozar edilar va buning evaziga katta sarvatga ega bo’lishar edi.)  Oddiy  soddadil odamlar bunday sherlar ta’siriga berilar  edilar. Lekin iymonli odamlar she’rlar emas, balki Qur’on oyatlari va hadislarga ahamiyat berar edilar. Shu narsani yaxshi bilgan makkor Muoviya muhaddislardan va shoirlardan ba’zilarini o’z tarafiga og’dirib ulardan hadis to’qishni (“ja’l hadis” degan tushuncha shu ma’noda aytiladi) buyurar  edi. Natijada Muoviya qiladigan targ’ibot ishlarini keng qamrovda, ya’ni ham adabiy uslubdan va ham diniy jihatdan olib borar edi.

 

2.Ta’magirlik yo’li.

Muoviya  hukumat tepasiga kelganidan keyin qabilalarning nufuzli odamlarini hadya va molu-davlat berish yo0’li bilan o’z tarafiga og’dirib olgan edi.

3.Tahdid qilish yo’li;

Muoviya o’ziga qarshi gapirgan har qanday odamga nisbatan be ayov raftor qilar edi, natijada hech kim unga qarshi gapirishga jur;at ham qila olmas edi.

  Ana shu sanab o’tilgan omillar va undan trashqari hamma zamonlarda haqiqiy iymoni kuchli mo’minlar soni kam bo’lishligini hisobga olsak, Karbalo voqeasi vu judga kelganligini tushunishimiz mumkin. Agar usha sharoitda  imom Husayn (a.s) Muoviyaga qarshi chiqsa edi, pinhoniy ravishda o’ldirilgan bo’lar edi, uning ustiga turli tuhmatlar bilan ko’mib tashlangan bo’lar edi. Shuningdek imomning Mesam Tammor  kabi vafodor yoronlari ham o’ldirilgan bo’lar edi.



1 next