Sening oshiqingman, deya olaman xolos!



Ogohlik- shahidlikning birinchi asosidir.

Shahid bo’lganlarning fidokorliklari ularning oqibatni bilganlari tufayli go’zal hisoblanadi. Hazrat imom Husayn (a.s)ning vafodor yorlari ham Karbalo voqeasida o’zlarining shahid bo’lishlarini bilar edilar, lekin shunday bo’lsa ham o’z rahbarlari imom Husayn (a.s)ni tashlab ketmadilar. (Agar shunday qilganlarida tirik qolishlari mumkin edi).

 

Oshiqlik – shahidlikning ikkinchi asosidir

Shaihid bo’layotgan fidokorlar o’zlarining ma’shuqlariga nisbatan bo’lgan ishqlari tufayli o’z jonidan kechish darajasiga yetadilar. Hazrat imom Husayn (a.s) bunday deb marhamat qilgan edilar:

 

Xudoyo, Sening toating va muhabbating yo’lida  yetmish ming marta o’lib tirilishga rozidirman!

Karbalo shahidlari yuqorida aytib o’tilgan iki asosga tayangan holda shahidlik darajasiga yetishgan edilar. Shuning uchun ularning to’kilgan muborak qonlari qatralari tarix sahifalariga singib ketib umum bashariyat uchun fidokorlik va shijoat ramzi sifatida ibrat darsi bo’lib qoldi.



1 next