Nima uchun Ashuro kuni azasini nishonlamog’imiz lozim?Nima uchun 14 asrga yaqin vaqt o’tgan qadimgi Karbalo voqeasini eslab azasini saqlamog’imiz kerak? Har bir jamoyatning hayotida ro’y bergan tarixiy voqea uning kelajagida hal qiluvchi muhim rol o’ynashi mumkin. U voqealarni xotiralash esa usha sahnalarni qaytadan ko’z oldiga keltirish va kerakli xulosalarni chiqarishga olib keladi. Shuning uchun ko’ramizki, turli jamiyat va davlatlar o’zlari uchun muhim tarixiy voqealarni keng nishonlaydilar (G’alaba kuni, mustaqillik kuni, davlat tasis bo’lgan kun …). Bu narsa insonlarning fitratida mavjud bo’lib uning nomini “Haqni tanish hissiyoti†deb ataladi. Bu hissiyot odamni unga yaxshilik qilgan, jonini fido qilganlar qarshisida uyg’onib ularga nisbatan minnatdorchilik bildirishlik demakdir. Karbalo voqeasi butun musulmonlar hayotida ulkan o’rni tufayli har yili xotiralanadi. Bunda usha voqealardan kelib chiqadigan ibratli xulosalar kelishi bilan birga buyuk tarixiy voqea keltirgan natijalar barakotiudan ham foydalaniladi. |