O’lim farishtasi Azroil naqadar mehribondir!



Aziz o’quvchi! Siz jon berish lahzasi haqida qanday tasavvurga egasiz? Shu paytgacha Azroil bilan ro’baro’ kelish haqida fikr yuritganmisiz? Unga nisbatan qanday tasavvurdasiz? Birovning joni chiqayotgan paytida tepasida turib o’lim talvasasi holatini kuzatganmisiz? Berilgan bu savollardan vahshatga tushib sahifamizni o’qishni tark etmang, balki biz bilan suhbatimiz oxirigacha qoling, ana shunda sizning o’lim farishtasi haqidagi tasavvuringiz mutlaqo o’zgaradi.

Bir donishmandning aytganidek, “Men o’lishdan qo’rqmayman, nima deganda o’lim bu bir xonadan boshqa xonaga o’tish demakdir”. Azroil bu o’lim farishtasidir, also azob farishtasi emas, u faqat ruhimizni bir yerdan boshqa yerga olib o’tadi, xolos. Endi mana shu boshqa yerning qanday makon bo’lishligi o’zimizning qo’limizdadir. Albatta usha makonni qurish faqat va faqat o’zimizning zimmamizda emas, balki ba’zi yordamchilarimiz ham bordir. Faqat siz u yerning obod bo’lishini istashingiz kerak, shunda hamma narsa zamon va zamin yordamga keladi.  Balki siz bu gaplarni qayerdan topib gapiryapti deb o’ylayotgandirsiz. Aytadigan bo’lsam men o’lim haqidagi bu ma’lumotlarni hazrat imom Sodiq (a.s)ning bir odamning bergan savollariga bergan javoblaridan  oldim.

عِدة من أصحابنا ، عن سهل بن زیاد ، عن محمد بن سلیمان ، عن أبیه ، عن سُدیر الصیرفی قال : قلت لأبی عبد الله علیه السلام : جعلت فداك یا بن رسول الله هل یكره المؤمن على قبض روحه ؟ قال : لا والله إنه إذا أتاه ملك الموت لقبض روحه جزع عند ذلك فیقول له ملك الموت : یا ولی الله لا تجزع ، فوالذی بعث محمدا صلى الله علیه وآله لأنا أَبَرُّ بك وأشفق علیك من والد رحیم لو حضرك ، اِفتح عینیك فانظر ، قال : ویمثل له رسول الله صلى الله علیه وآله وأمیر المؤمنین وفاطمة والحسن والحسین والأئمة من ذریتهم علیهم السلام فیقال له : هذا رسول الله وأمیر المؤمنین وفاطمة والحسن والحسین والأئمة رفقاؤك ، قال : فیفتح عینیه فینظر فینادی روحه مناد من قبل رب العزة فیقول : یا أیتها النفس المطمئنة إلى محمد وأهل بیته ارجعی إلى ربك راضیة بالولایة ، مرضیة بالثواب ، فادخلی فی عبادی - یعنی محمد أو أهل بیته - وادخلی جنتی ، فما من شئ أحب إلیه من استلال روحه واللحوق بالمنادی

- الکافی – الشیخ الکلینی – ج 3 – 127- حدیث 2 Ø› Ùˆ نیز:  Ø¨Ø­Ø§Ø± الأنوار - العلامة المجلسی - ج 6 - ص 196(

Bir kuni Sudayr ismli biro dam hazratning oldilariga kelib bunday dedi: Jonim sizga fido bo’lsin, yo rasululloh farzandlari! Sizga shunday savolim bor. Mo’min odam jon berishida qiynaladimi? Bu ish u uchun og’irmi? Imom bunday javob berdilar:

Yo’q! Allohga qasam ichib aytamanki, aslo qiyin emas.

O’lim farishtasi mo’min odamning yaqiniga kelganda u besabrlik qilib talvasaga tusha boshlaydi. Shunda hazrat Azroyil unga qarab: Allohning salomi senga bo’lsin, ey Allohning bandasi. Bunchalik vahshatga tushmagin, men eng mehribon onadan ham mehribonroqdirman. Ko’zlaringni ochib bir nazar solgin-deydi. Shunda u odam ko’zlarini ochib hazrat rasululloh (saov), amiral mo’minin Ali, Fotima onamiz, imom Hasan va imom Husaynlarni, shuningdek qolgan hamma  imomlarni (alayhimus salom) ko’radi .  Shu paytda Parvardigori tarafidan bir nido eshitiladi: Ey Muhammad va uning xonadoni hukumatiga bo’ysungan va orom topgan ruh! Allohing tarafiga qayt va o’zing suyganlaring bilan bir yerda, ya’ni jannatimda borga bo’l,-deydi. Bu so’zlarni eshitgan haligi banda uchun o’limdan ko’ra suyukliroq narsa bo’lmaydi va u shod holda jonini Robbisiga taslim qiladi.

Ha, aziz o’quvchi hamma gap bizning iymonimizda qolgan. Agar mo’min bo’ladigan bo’lsak, o’limdan qo’rqishga aslo hojat qolmaidi.