Orombahsh malham



Ayol kishi uyning chirog’I hisoblanadi. Tashqridan uyiga yetib kelgan erkak kishi agar ayoli mo’mina va qanoatli pokdomon ayol bo’lsa o’z oromishini tiklaydi va qalb xotirjamligini tiklaydi. Mabodo aksincha bo’ladigan bo’lsa, erkak kishi uyiga qadam bosmasdan ayoli haotidagi bor yo’q mushkilotini aytib ohu nola chekadigan bo’lsa, erkak kishi uydan tashqarida bo’lishga urinadi, chunki uyi to’la dardisardek bo’ladi. Bu borada ham ayollar hazrat Fotima (a.s)ni o’zlariga namuna qilib olishlari maqsadga muvofiq bo’lar edi. hazrat Ali (a.s) fitnalar girdobida qolib hayotining eng mashaqqatli kunlarida uyi uning tanho panohgohi bo’lgan edi. ayollari Fotima hamisha ularga dildorlik qilib ruhan quvvatlantirar edilar. Aziz umr yo’ldoshlarining iymoni yanada jo’shishiga sabab bo’lar edilar. Lekin afsuski Fotima onamizning umrlari juda qisqa ekan va Ali (a.s) yagona dildorlarini ham rasululloh (saov) dan keyin juda tez qo’ldan boy berdilar. (Hazratni shahid qilgan zolimlarni Allohning o’zi jazolasin!)

WWW.HIDOYAT.ORG – Xalqaro Islomiy Axborot va Ma’lumotlar Markazida tayyorlangan.