Oiladagi sirni saqlash



Erga yaxshi ayol bo’lish bu nafaqat kamchililarni bo’rttirib ko’rsatishdan saqlanishdir, balki payti kelganda mavjud kamchililarga ahamiyat bermay uni uydan tashqariga olib chiqmaslik hamdir. Agar yetishmovchiliklarni aytish ularni yo’q qilishga sabab bo’lmasa, ya’ni ularni yo’qotishning iloji bo’lmaganda hadeb yuzga solish erkak kishining ruhan ezilishiga sabab b’ladi. Bunday paytlarda oqila va dono ayollar yetishmovchiliklarga chidashi va zarur bo’lganda ko’proq mashaqqat chekishiga to’gri keladi. Chunki buni fidokorlik va o’zaro muhabbat taqozo etadi. Bunday fidokorlikning yaqqol namunasi bo’lmish hazrat Fotima onamiz hayotlarida ko’rishimiz mumkin. Bir kuni ul hazrat otalari payg’ambarimiz (saov) uylariga brogan edilar. Azbaroyi necha kundan beri tuzukroq narsa yemaganlaridan chehralari sarg’aygan va so’liqqan edi. bu holni ko’rgan otalari qo’llarini osmonga qilib: Yo Robbi, qizimning rizqini o’zing yetkazgin-deb yolvorgan edilar. Ha, Fotima onamiz o’zlarining turmushlaridan otalariga bir og’iz shikoyat qilmagan edilar. Lekin yuzlaridagi ochiqqanlik alomatini ko’rgan otalari bundan boxabar bo’lgan edilar.

WWW.HIDOYAT.ORG– Xalqaro Islomiy Axborot va Ma’lumotlar Markazida tayyorlangan.