Uydagi ishlarni taqsimlash



Oilaviy hayotda eng ko’p janjal va tortishuvlarga sabab bo’ladigan narsa- bu er-xotin orasidagi vazifa va ishlarni taqsim qilishdir. Hazrat Ali (a.s) va Fotimatuz-Zahro (s.a) oilalari ana shu muhim masalada yordam berish uchun hazrat xotamun nabiyin Muhammad (saov)ga murojaat qildilar. Ular hayotlarini risoladagidek bo’lishi uchun u hazratga murojaat qilishgan edi. albatta shundoq ham ular hech qanday tortishuvlarsiz tinch va totuv hayot kechirishmoqda edi. lekin har bir ish Alloh istaganidek bo’lsin deya yangi oila qurgan yoshlar rasulullohga murojaat qilishdi. Shunda rasuli akram (saov) quyidagicha ishlarni taqsimladilar: Uy tashqarisidagi qilinadigan barcha ishlar Alining zimmasiga va uy ichidagi ishlarni esa Fotimagadir-deb marhamat qildilar. Bu taqsimotdan birinchi bo’lib hazrat Fotima (s.a) xursand bo’ldilar. Chunki ul zot begona erkaklar bilan muloqot qilishni xush ko’rmas edilar va agar tashqariga ko’p chiqsalar bu ishni qlishga majbur bo’lgan bo’lar edilar. Fotima onamizdan qilingan hadislardan birida aytilishicha, ayol kishi uchun eng yaxshi narsa – bu u nomahram erkakni ko’rmasligi va nomahram ham uni ko’rmasligidadir deb aytilgan.

WWW.HIDOYAT.ORG – Xalqaro Islomiy Axborot va Ma’lumotlar Markazida tayyorlangan.