O’z hayotingizdan rozimisiz?



Insonning hayotining har taraflama shakllanishi avvalo ichki dunyosida ro’y bergani uchun uning rizoyati  va xotirjamligini ham tashqi dunyodan topib bo’lmaydi, balki ularni ham insonning ichki dunyosidan qidirmoq lozimdir.

Men ruhi va jismi bir-birlari bilan do’st bo’lgan inson sifatida aytamanki, har kuni ertalab uyqudan uyg’onganimda bu ikkisining menga beradigan hadyasini qabul qilib olaman. Ularning (ya’ni ruh va jismimning) menga keltiradigan hadyalari esa xotirjamlik,kelajakka umid va Allohdan boshqasiga muhtoj bo’lmaganligimdir. Ha, men hargiz Allohdan boshqasi tarafga ko’z tikmasman, boshqa tarafdan umid ham kutmayman, nega desangiz mening jismim ruhimga itoat qiladi va ruhim esa haqiqat sari yetaklaydi. Shuning uchun ham men o’z hayotimdan roziman. Ruh va jism birlashganligi va o’zaro hamohang bo’lganligi uchun ularni tashqaridan begona ruh va yoki begona jism to’ldirmaydi. axir bunday to’ldirishlik so’zsiz inqirozga yuz tutishligi aniqdir. Balki mening o’z hayotimdan roziligimni izhor qilishligim qandaydir takabburga o’xshar. Chunki biz kichik yoshlik paytlarimizdan kamtar bo’lish kerak haqida pandu-nasihatlar eshitganmiz. Lekin o’ylab qarasam, mening hayotimdan roziligim bu o’zimni ko’rsatish uchun emas, balki boshqalarga ham o’rnak bo’ladigan jihati bo’lgani uchundir. Shuningdek bu fikrlar o’zimga ham foydalidir, chunki bular menga o’z kuchiga ishonish ruhini bag’ishlaydi.

Ha, men o’z hayotimdan roziman. Yordamga muhtojlarga ko’mak qilaman boshqalar ham menga yordam berishadi, yiqilganlarga qo’l cho’zaman turganlarga suyanaman, mehribonlik ko’rsataman va mehr ko’raman, boshqalarga jilmayib boqaman va hayot ham menga tabassum qiladi. har taraflama go’zal bo’lishga harakat qilaman, shuning uchun ham dunyodagi go’zallilarni ko’ra olaman. Darhaqiqat odam hayotidan rozi bo’lsa va o’zini baxtiyor hisoblasagina, ha faqat shundagina haqiqiy kamolga yetishi mumkin. Chunki bu dunyoda mutlaqo nuqsonsiz vujudning o’zi yo’qdir, hamma narsa nuqsonlidir, lekin har narsa nuqsonini bartaraf etish uchun bir tarafga qarab harakatdadir u ham bo’lsa yagona komil zot Allohga tarafgadir.

Hayotimizdan rozi yoki norozi bo’lishimiz o’zimizning fikrlashimizga bog’liqdir, chunki har narsani o’z aqlimiz asosida tahlil qilib xulosa chiqaramiz. Qilgan gunohlarimiz va ko’rgan jabru-sitamlar, qiyinchiliklar va pastu-balandlilar hammasi xotiramizda tajalli bo’lar va biz hayotni qora tasma sifatida ko’rishimizga sabab bo’ladi. Lekin sen,ey Allohni tanigan, uning mehru-muhabbatini qalbida his etgan unga bandalik qilishdan lazzatlanadigan baxtli inson! Sen hayotingga doimo umidvorsan va bilasanki, oldinda yorug’ kunlar va porloq kelajak seni kutmoqda! Noumidlik va ma’yus bo’lish shaytondandir. Kelajakka yuksak cho’qqilar va kamolot sari -haqiqiy bandalik sari olg’a!

WWW.HIDOYAT.ORG – Xalqaro Islomiy Axborot va Ma’lumotlar Markazida tayyorlangan.