O’lim nima?



O’lim degani nima o’zi? O’lim deganda yo’q va nobud bo’lishni tushunish kerakmi, yoki o’lim bu bir holatdan boshqa holatga, bir olamdan boshqa olamga  o’tish deganimi? Bu savollar azaldan insonlarni qiziqtirib kelgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Bizlar musulmon bo’lganligimiz uchun ham Qur’onga murojaat qilamiz va unda bu borada nima deyilgan bo’lsa unga iymon keltiramiz. Qur’oni karimda o’lim haqida bunday deyilgan:

وَهُوَ الْقَاهِرُ فَوْقَ عِبَادِهِ وَيُرْسِلُ عَلَيْكُم حَفَظَةً حَتَّىَ إِذَا جَاء أَحَدَكُمُ الْمَوْتُ تَوَفَّتْهُ رُسُلُنَا وَهُمْ لاَ يُفَرِّطُونَ

·   U bandalari ustidan (barcha ishda) g'olibdir. Ustingizga (savob va gunohlaringizni bitib) saqlovchi (farishtalar)ni yuboradi*. Birortalaringizga o'lim kelgan paytda, uni elchi (farishta)larimiz erinmay (o'z vaqtida) vafot ettirurlar* (An’om surasi; 61-oyat;)

Yuqoridagi oyatda o’lim so’zi vafot ma’nosida keltirilgandirki, vafot degani yo’q va nobud bo’lish emas, balki bir olamdan boshqasiga ko’chish geganidir.

 â€œVafot” so’zi gohida uyqu ma’nosida ham ishlatiladi.

ُ وَهُوَ الَّذِي يَتَوَفَّاكُم بِاللَّيْلِ وَيَعْلَم

 Ù…َا جَرَحْتُم بِالنَّهَارِ ثُمَّ يَبْعَثُكُمْ فِيهِ لِيُقْضَى أَجَلٌ مُّسَمًّى ثُمَّ إِلَيْهِ مَرْجِعُكُمْ ثُمَّ يُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

·   U tunda sizlarni "vafot ettiradigan" (uxlatib ruhingiz ixtiyorini oladigan), kunduzi qilgan ishlaringizni biladigan zotdir. So'ngra belgilangan muhlat ado etilishi uchun unda (kunduzi) sizlarni (yana) "tiriltirur" (o'yg'otur). Keyin Unga qaytishlik (bor). So'ngra sizlarga qilgan ishlaringiz xabarini berur. (An’om surasi; 60-oyat;)

Yuqoridagi oyatda o’lim bilan uyqu bir-biriga o’xshatilgani kabi bu dunyo bilan oxirat olami o’zaro solishtiriladi. Odam o’lganida ruhi bu dunyoni tark etgani kabi uyqu paytida ham odamning ruhi boshqa bir olamga sayr qiladi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, uyqu chogida ruh badandan vaqtinchalik ajraladigan bo’lsa, o’limda esa ruh bu dunyoni hamishalik tark etadi. Shuning uchun ba’zan uyquni “kichik o’lim”deyilsa, gohida esa o’limni “Qattiq uyqu”deb aytiladi.

Ko’pgina rivoyatlarda ham uyqu va o’limning bir-biriga o’xshashligi haqida so’z yuritiladi. Masalan, imom Sajjod (a.s) : O’limni inkor etadiganlardan taajublanmay ilojim yoq. Nega deganda har kuni o’lganini (uxlaganida)  ko’ra turib qanday inkor etadilar?!-degan edi.



1 next