Xums kimlarga beriladi?Islom dinida xums ning tutgan o’rni muhimligini nazarda tutgan holda uni nimalarga sarflanishi haqida bahs yuritmoqchimiz. Xums bu paygambarimiz (s.a.o.v) yoki imom qo’lidagi budjet bo’lib islom dini manfaati yo’lida sarflanadi. Albatta xums sayyidlarning faqirlarini taminlashga sarf qilinadi, desak xato bo’ladi. Nimagha deganda yigilgan xums miqdori juda ko’p bo’ladi. Uning ustiga ba’zan faqir sayyidlarning o’zi bo’lmaydi, balki hammasi boyib ketib xumsdan beniyoz bo’lib o’zlari xums to’laydigan bo’lishlari mumkin. Imom (a.s)dan Agar xums kambagal va yetimlarga bergandan keyin ham ortib qoladigan bo’lsa uni nima qilish kerak?-deb so’rashganida imom: Uni hokimga qaytarib beriladi. U o’zi bilib umum manfaat yo’lida uni sarf qiladi,deb javob bergan edi.aslida xums bu islom hukumatining budjeti bo’lib undan islom dinini rivojlantirish va ijtimoiy ta’minot yo’lida sarflanishi kerak. Shuning uchun xums yigilib paygambarimizga yoki uning o’rinbosarlari hisoblanmish imomlarga yigib berilar edi. Lekin ummaviylar va abbosiylar xalifaligi davrida faqat zakot yigish bilan chegaralanib qolishgan edi. Hatto xulafoi roshidin davrida ham xums yigishga yetarli ahamiyat berilmagan edi. Vaholanki Qur’onning “Anfol†surasida bunday deyilgan edi: وَاعْلَمÙواْ أَنَّمَا غَنÙمْتÙÙ… مّÙÙ† شَيْء٠Ùَأَنَّ Ù„Ùلّه٠خÙÙ…Ùسَه٠وَلÙلرَّسÙول٠وَلÙØ°ÙÙŠ الْقÙرْبَى وَالْيَتَامَى وَالْمَسَاكÙين٠وَابْن٠السَّبÙيل٠إÙÙ† ÙƒÙنتÙمْ آمَنتÙمْ بÙاللّه٠وَمَا أَنزَلْنَا عَلَى عَبْدÙنَا يَوْمَ الْÙÙرْقَان٠يَوْمَ الْتَقَى الْجَمْعَان٠وَاللّه٠عَلَى ÙƒÙلّ٠شَيْء٠قَدÙيرٌ * Agar Allohga va ajrim kuni* - ikki qo'shin to'qnashgan kuni - bandamiz (Muhammad)ga nozil qilgan narsamiz (oyatlar, farishtalar, g'alaba)ga imon keltirgan bo'lsangiz, bilib qo'yingizki, o'lja qilib olgan narsalaringizning yoki tirikchilik qilib topgan mollaringizdan beshdan biri Allohga, Rasulga, qarindoshlariga (ya`ni sayyidlarga) , yetimlar, miskinlar va musofirlarga (tegishli)dir. Alloh har narsaga qodirdir. Imom Rizo (a.s)dan naql qilingan hadisga asosan G’animat yoki o’lja deb har qanday qo’lga kiritilgan boylikka aytiladi. (Ba’zilar o’lja faqat janglarda qo’lga kiritiladi deb hisoblaydilar. Vaholanki, tirikchilik qilib topilgan har qanday boylik ganimat hisoblanadi va uning xumsini to’lash kerak.) WWW.HIDOYAT.ORG – Xalqaro Islomiy Axborot va Ma'lumotlar Markazida tayorlangan |