Doim shukr qilHajga kelgan hojilar Minoga yig’ilishgan edi.imom Sodiq (a.s) o’zining sahobalari bilan birga chetga o’tirib uzum yer edilar. Shu payt bir tilanchi kelib ularga tilanchilik qilishni boshladi. Shunda imom bir shingil uzumni olib unga uzatgan edilar, u qabul qilmay “Menga pul berâ€- deb aytdi. Imom Menda pul yo’q, bor ketaver-dedilar. Haligi tilanchi umidini uzib u yerdan ketdi. Lekin bir necha qadam yurganidan keyin pushaymon bo’lib qaytib keldi-daâ€Haligi uzumni bera qol†dedi. Lekin imom bu gal uzumni ham unga bermadi.ko’p o’tmay boshqa bir tilanchi keldi va yordam so’radi. Imom unga ham bir shingil uzum berdi. Tilanchi: Xudoga shukrki, menga mana shu uzumni rizq qilib berdi-dedi. Buni eshitgan imom: Shoshmay tur-dedida. Ikkala hovuchini to’ldirib unga uzum berdi. Haligi tilanchi yana Xudoga shukronalar qildi. Imom yonidagi yoronlaridan biriga qarab yoningda naqadar puling bor?-deb so’radi. U cho’ntaklarini ichini qarab yigirma dirham borligini aytdi. Imom unga ana shu dirhamlarini tilanchiga berishni aytdi. Pulni olgan tilanchi: Allohga shukrlar bo’lsinki, o’zi istaganiga rizq beradi va shukr qilishga loyiq faqat o’zidir. Bu so’zlarni eshitgan imom egnidagi chakmonini chiqarib unga berdi. Buni ko’rgan tilanchi xudoga shukr qildi va imomga qarab unga ham minnatdorchilik bildirdi.shundan keyin imom unga boshqa hech narsa bermadi va haligi tilanchi u yerdan xursand bo’lgani holda ketdi. Imom atrofida bo’lgan mojaroni kuzatib turganlar aytishicha, agar haligi tilanchi Allohga shukr qilishni davom ettirib imomga munnatdorchilik bildirmaganida edi, imom unga yana ko’plab ehsonlar qilgan bo’lur edi. WWW.HIDOYAT.ORG – Xalqaro Islomiy Axborot va Ma'lumotlar Markazida tayorlangan |