Gunohkorlarning so’ngan chiroqlariNima uchun ko’pchiliklashib duo qilmoq lozimdir?Abu Ali ibn Sino Abu Said ibnul Xayrga maktub yozib, unda “ nIma uchun musulmonlar ko’pchiliklashib Xudoga ibodat qilmoqliklari kerakdir?â€-deb so’ragan edi. Abu Said uning savoliga quiyidagi misolni keltirish bilan javob bergan ekan. Agar bir xonada bir necha chiroq yoqilgan bo’lsa, ulardan birining o’chib qolishi bilan xona qorongi bo’lib qolmaydi. Ammo agar usha xonada faqat bitta chiroq bo’lsa u o’chishi bilan xona qorongi bo’lib qoladi. Insonlar ham shunga o’xshashdir. Ularning oralaridagi gunohkorlar o’chiq chiroqlarga o’xshaydilar va agar o’zlari ibodat qilsalar tavfiqqa erishmasliklari mumkin. Lekin agar jamoatda bo’lishsa, xuddi ko’pchilik yoqilgan chiroqlar orasida turgandek bo’ladiki, uning yorugligidan bahramand bo’la oladi. Ana shu yaxshilarning yorugligi tufayli Xudovand ana usha o’chgan chiroqlarga ham inoyatini bersa ajab emas. WWW.HIDOYAT.ORG – Xalqaro Islomiy Axborot va Ma'lumotlar Markazida tayorlangan |