Diling pok bo’lsin!قال علي عليه السلام: «اَلايمان مَعْرÙÙÙŽØ© بÙالقَلْب ÙˆÙŽ اÙقْرارٌ باللّÙسان وَعَمَل بÙالاَرْكان» Imom Ali (a.s) bunday degan edi: Haqiqiy iymon bu- qalbdagi ma’rifat, tildagi iqror va amal qilmoqlikdir. Shu paytgacha hech o’zingizdan so’raganmisiz iymon nima?-deb va yoki shu savol bilan boshqalarga murojaat qilganmisiz? Ba’zilar iymon bu qalbdagi ishonch xolos, deb deb biladilar. Shuning uchun Islom dasturlariga amal qilmaydigan odamni ham iymonli odam deb biladilar. Ularning fikricha iymon qalbda pinhon qolishligi kerak, aks holda riyo bo’ladi. Ba’zilar amal qilishlikning qadr-qiymatini yerga urib “Qalbing toza va pok bo’lsa bo’ldi, boshqasi bilan ishing bo’lmasinâ€- deb aytadilar. Keeling yaxshisi Iymon nima? –degan savol bilan muttaqiylar imomi hazrat Ali (a.s) ga murojaat qilaylik. Qani ko’raylikchi ul hazrat nima deb javob berar ekan. Imom Ali (a.s) haqiqiy saodatga yetaklovchi iymon – bu uch poyaga asoslangan haqiqatdir: 1. Qalb ma’rifati; Haqiqatni tanish va bilish, yani faqat zehnida emas, balki qqalbida tasdiq etishdir. Bunga aqidaviy haqiqatlar to’plami kiradi, masalan Yagona xoliqning borligiga ishonish, dunyoning va inson hayotining o’tkinchiligi va hamma narsa asl boshlangan nuqtasiga ya’ni Yaratganga qaytarilishi, oxiratning abadiyligi, inson saodatga yetishi uchun malum dasturul amalgam rioyat qilishligi kerakligiga ishonish va … Bu ma’rifatni qo’lga kiritish uchun sa’y-harakat qilmoqlik zarur, ya’ni tahqiq va mutolaa, fikru-andisha bilan ilmga erishishdir. Lekin bu ma’rifatning o’zi Alloh bilan aloqa o’rnatish uchun yetarli emas. Balki Xoliqqa ibodat qilish, zikru- duo, Allohning avliyolariga muhabbatli bo’lish kabi yana bir qator shartlari bordir. Qalbdagi marifat bu nurdirki, unga erishish uchun qalbimizni unga ochib berishimiz kerak bo’ladi. 2. Til bilan iqror bo’lish; Til bilan iymoniga iqror bo’lishlik haqiqiy iymonning bir ajralmas qismi hisoblanadi. Mo’minlar oddiy holatlarda hech qachon iymonlarini pinhon tutmaydilar. Zero iymon nur bo’lib, uni til orqali izhor qilinganda atrofga nur sochadi. Mominodam hidoyat bo’lishida ana shu nurning roli kattadir. Iqror deganimizda faqat “Ashhadu alla ilaha illaloh vahdahu la sharika lah†va “ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh†ni aytishgiona emas, balki til ibodati ya’ni zikr, tasbeh, boshqalarni hidoyat va yaxshilikka da’vat etish ham kiradi. Ha, ba’zan iymonini til bilan izhor qilishning o’zi katta qahramonlik va jasorat hisoblanadi. Iymonni til bilan izhor qilish hamisha ham o’zini ko’rsatish va riyo uchun qilinadi deb ayta olmaymiz. Balki ba’zan darhaqiqat Allohga yaqinlashish uchun aytiladi. 3. Iymon amal qilish bilan isbotlanadi; Haqiqiy iymonning uchinchi poyasi bu tana a’zolari bilan aytilgan amallarni bajarish, yoki boshqacha aytganda iymonni amalda ko’rsatishdir. Allohning roziligi uchun qilinadigan solih amal- iymonning ajralmas qismi hisoblanadi. Albatta qalbida iymon ma’rifati joy olgan odamning amali ham ana shu ma’rifatga munosib bo’ladi. Boshqacha aytganda pok qalbdan pok amallar vujudga keladi. Bugungi kunda shunday xato nazariya yuzaga kelganki, unga asosan “har kimning qalbi pok bo’lsa, amal qilmasa ham bo’laveradiâ€. Lekin qanday qilib qalbida pok iymoni bo’lgan odam Allohga va uning rasuliga iymon keltirgan odam Alloh va rasuli buyurgan ishlardan gaflatda bo’lishi mumkin? Qanday qilib Xudoga va oxiratga iymon keltirgan odam namozini yoki infoq qilishni tark etishi mumkin?! Oxirat olamiga haqiqiy iymon keltirgan odam qanday qilib qo’rqmasdan gunoh ishlarni amalgam oshirishi mumkin. Ba’zan odam iymonli bo’la turib gunoh qilishi mumkin, lekin u bu ishni o’zi istamagan holda amalgam oshiradi yani keyin pushaymon bo’ladi. Lekin ba’zilar qo’rqmasdan gunoh ishni qiladilar va hech narsa qilmaydi, chunki qalbim pokdir deb ham o’zini va ham boshqalarni aldaydi. Hatto til bilan iymonni izhor qilish ham tilning amadagi ifodasidir. Shunday qilib sanab o’tilgan yuqoridagi uch poya iymonni tashkil etuvchi qismlari bo’lib o’zaro ajralmasdir va bitta yaxlit haqiqiy iymonni tashkil etadi. WWW.HIDOYAT.ORG – Xalqaro Islomiy Axborot va Ma'lumotlar Markazida tayorlangan
|