Kimlar shafoat qilinadilar?



Ilohiy avliyolarning (paygambalar va imomlar, shahidlar va ulamolarning) shafoatlariga Qiyomat kunida noil bo’lishning  bazi shartlari bordir. Qur’on oyatlari va rivoyatlarga ko’ra shafoatga noil bo’luvchi musulmon quyidagi xislatlarga ega bo’lmoqligi lozimdir:

1.  Allohning roziligiga ega bo’lishligi;  shafoatchilar Allohning shafoat vositasi hisoblanadilar, shuning uchun ularning shafoatiga erirshish uchun so’zsiz avvalo Allohning roziligi zarur bo’ladi.“ Man zallaziy yashfa’u indahu illa bi iznih”  deb oyatul Kursida aytilganligini yaxshi bilamiz. Uning ma’nosi shuki, Hech kim Allohning iznisiz shafoat qilish huquqiga ega emas. Allohning roziligi  va iznini esa faqat toat ibodat bilan qo’lga kiritish mumkinligi sir emasdir.

2.  Iymonni soglom saqlab qolish:

Shafoatga erishish uchun odam garchi gunoh amal bajargan bo’lsa ham iymonini saqlab qolgan bo’lishligi kerak. Shuning uchun mu’tabar rivoyatlarda aytilishicha, mushrik, munofiq va kofirlar shafoatdan bahramand bo’lish haqqiga ega emaslar.

3. Diniy dasturlarga amal qilish;                               

Shafoatga noil bo’lishni istagan odam Allohning buyurgan dasturlariga va paygambarimiz (s.a.o.v) sunnati shariflariga  amal qilishi kerak. Ba’zilar shafoat qilinishlariga ishonib buyurilgan amallarni tark etadilar va bemalol gunoh ishlarni qiladilar. Lekin paygambarimiz va imomlarimizning hadislarida shafoatga erishish uchun Allohning itoatida bo’lish hsartligi takidlangandir. Faqat o’zi istamagan holda ba’zi gunohlarga yo’l qo’ygan odam shafoatdan umid qilishi mumkin.

<>Imom Sodiq(a.s) bunday degan edi:

Oxiratda shafoatdan bahramand bo’lishni istagan odam doimo Allohning roziligini talab qilib yashashi kerak. Shuni bilib qo’yingki, hech kim (o’zingizdan boshqa) siz uchun Allohning rizologini olib bera olmaydi. Faqat Allohning , rasululloh (s.a.o.v) ning va imomlarning aytganlarini qilibgina Yaratganning rizoyatini qo’lga kiritishimiz mumkin. Qur’oni Karimda aytilishicha, oxiratda ba’zi odamlarga nisbatan shafoatchilarning shafoatlari naf bermasligining sababi shundaki, ular hayotlarida zimmalaridagi vazifalarini bajarmaganliklaridir. Buyurilgan ishlarni bajarilishining ahamiyati juda kattadir, chunki hatto bu ishlarni amalga oshirgan va lekin bu ishda yengiltaklik qilganlarga nisbatan ham shafoat naf bermaydi.

4 . Shafoatchi va shafoatga noil bo’luvchi odam orasidagi ma’naviy aloqa haqida

Qiyomat kunida shafoat bo’ladigan odam hayotlik chogida ham shafoatchi bilan ma’naviy aloqaga ega bo’lgan bo’lishi kerak. Allohning avliyolariga nisbatan muhabbatli bo’lgan odam hayotida to’gri yo’lga hidoyat bo’lishi ham osonroq kechadi. Qiyomatda shafoatchilarning bo’lishining o’zi ham ana shu bu dunyodagi aloqa va muhabbatning bir ko’rinishidir. Haqiqiy muhabbat sababli usha muhabbatga noil bo’lgan odamning aqidasi va martabasi o’zaro uygunlashib ketishiga sabab bo’ladi. Shunday qilib Allohning aziz avliyolari (ya’ni paygambarlar va imomlar, shahidlar va ulamolar) ga muhabbatli bo’lish ularning oxiratdagi shafoatlariga noil bo’lishning shartlaridan biridir. Hadislarning birida aytilishicha “ Olimlar o’ziga ergashgan shogirdlarini shafoat qila oladi” . boshqa hadisda ayilishicha esa “ Allohning avliyolari bilan aloqasini uzgan odamlar (ziyoratiga bormaydigan va yoki ularga muhabbatli bo’lmaganlar) shafoatdan mahrumdirlar”. Shuning uchun hurmatli paygambarimizning aziz farzandlariga ozor va aziyat yetkazgan odamlar hech vaqt rasulullohning shafoatlariga noil bo’la olmaslar. Hazrat bunday deb marhamat qilgan edilar: Allohga qasam ichib aytamanki, kimda kim mening zurriyatlarimga ozor yetkazgan bo’lsa, Qiyomatda hargiz shafoat qilmasman!

Bu o’rinda shunday savol tugilishi mumkinki, ba’zi musulmon bo’lmagan  donishmandlar masalan, Mari Kyuri, Eynshteyn, Nyuton va boshqalar insoniyat uchun ko’p xizmat qilishgan. Ular shafoatga noil bo’lish huquqiga egamilar yoki yo’qmi? Bu savolga javob berish uchun avvalo aytib o’tishimiz kerakki, hech qayerda f alonchi yuz foiz shafoatga noil bo’ladi yoki bo’lmaydi deb aytilmagan. Faqat shafoatga noil bo’lishning umumiy qoidasigina zikr qilingan xolos. Yuqoridagi nomi zikr qilingan olimlarga nisbatan ham qat’iy bir xil hukm chiqarish ham mumkin emas. Usha olimlarning yashagan sharoitlari, Allohga bo’lgan iymonlari va boshqa omillar hisobga olinadi. Agar muuslmon bo’lmagan bo’lsalar uning sababi nimada islom bilan tanish bo’lmaganliklarimi yoki islomni inkor qilganlarimi hammasi nazarga olinadi. Axir bu ma’lumotlar hammasi Allohning nazdida bordir va Uning o’zi bilguvchiroqdir.



1 next