Oyatulloh shohobodiyning bergan nasihatlari



Oyatulloh Shohobodiyning latif ruhi iymon va irfon bilan yo’g’rilgan ulamolardan biri edi. Quyida ana shu buyuk orif olimning bergan tavsiyalaridan ayrimlarini keltiramiz. Ul zotning tavsiyalarini Hazrat imom Xumayniy ham  o’z kitobida keltirgan ediki bu olimning yuksak ilmidan dalolat beradi.

Farishtalarning savol-javobi

Olim oyatulloh Mirzo Muhammad Ali Shohobodiy aytadi: Hashr surasining oxirgi uch oyatini doim o’qib yuringlar. Chunki doim shunday qilsangiz bu oyatlar sizga yod bo’lib ketadi va qbrda savol- javobga tutilganingizda joningizga oro kiradi. Bu oyatlar quyidagilardir:

هُوَ اللَّهُ الَّذِي لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ الْمَلِكُ الْقُدُّوسُ السَّلَامُ الْمُؤْمِنُ الْمُهَيْمِنُ الْعَزِيزُ الْجَبَّارُ الْمُتَكَبِّرُ سُبْحَانَ اللَّهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ هُوَ اللَّهُ الْخَالِقُ الْبَارِئُ الْمُصَوِّرُ لَهُ الْأَسْمَاء الْحُسْنَى يُسَبِّحُ لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ*

*U - Alloh, shunday zotdirki, Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) yashirin va oshkora narsalarni biluvchidir. U mehribon va rahmlidir.

* U - Alloh, shunday zotdirki, Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) podshoh, (barcha ayb-nuqsonlardan) pok, (bandalariga) omonlik beruvchi, kuzatib turuvchi, qudrat sohibi, bo'yin sundiruvchi va kibr egasidir. Alloh ularning (mushriklarning) shirklaridan pokdir.

* U - Alloh, yaratuvchi, (yo'qdan) bor qiluvchi, (barcha narsaga) surat (va shakl) beruvchidir. Uning go'zal ismlari bordir. Osmonlar va Yerdagi (bor) narsa Unga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidir.

Odam o’lganida qabrga qo’yilganining birinchi kechasi farishta kelib “Rabbing kim?” deb so’raganida  “U - Alloh, shunday zotdirki, Undan o'zga iloh yo'qdir.U - Alloh, shunday zotdirki, Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) podshoh, (barcha ayb-nuqsonlardan) pok, (bandalariga) omonlik beruvchi, kuzatib turuvchi, qudrat sohibi, bo'yin sundiruvchi va kibr egasidir. Alloh ularning (mushriklarning) shirklaridan pokdir. (U) yashirin va oshkora narsalarni biluvchidir. U mehribon va rahmlidir. U - Alloh, yaratuvchi, (yo'qdan) bor qiluvchi, (barcha narsaga) surat (va shakl) beruvchidir. Uning go'zal ismlari bordir. Osmonlar va Yerdagi (bor) narsa Unga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidir.”- deb javob beradi. Bu javobni eshitgan farishtalar juda hayron qolishadi, zero bu haq Allohning haq kalomidir va Alloh  aniq qilib  tanishtirilgandir.

Irodali bo’lish kerakligi haqida

Ey aziz do’stim, hech qachon o’z azmu irodangni qo’lingdan boy berma, zero insonning insonligi uning azmu iradasidadir. Oxiratda har bir odamning ichki dunyosi oshkor bo’ladi va shunga yarasha odam turli mavjudotlar xilqatida qayta tiriladi. Ba’zilar bo’ri va ba’zilar eshak shamoyilida zohir bo’ladilar. Sen esa inson qiyofasida qayta tirilioshing uchun  harakat qilgin. Buning uchun ko’p yo’llar bordirki, biri bu irodali bo’lishdir. Irodani esa insondan yo’q qiladigan narsalardan biri – bu behuda g’inolarga quloq osishdir.

Allohning dargohidagi  it haqida

Shayx hazratlarining aytishicha Shayton Allohning dargohidagi itdir.Allohning dargohiga uni tanib kelganlarga akillamaydi. Go’yo birontasining uyiga ko’p boradigan bo’lsangiz usha uyning iti ham sizni tanib oladi va sizni ko’rganida akillamydi. Allohning huzuriga tez-tez borib turgan bandaga ham xuddi shunga o’xshab shayton akillamaydi. Shayton Allohni  tanimaydigan bandalar robbilarining huzuriga kirishlariga akillab yo’l qo’ymaydi. Lekin Allohni tanigan bandalar esa Arsh sohibiga itingizni bog’lab qo’ying yoki ovozini o’chirtiring, deb iltimos qila oladilar.

Nafsni tarbiyalash haqida

Hashr surasining oxirgi yati sharifalarini “Ya ayyuhal lazina amanu ittaqulloha va litanzur nafsa ma qoddamat lag’od” dan boshlab suraning oxirigacha o’qish nafsni tarbiyalashda juda tasirlidir.

Jon chiqayotganida dunyoga muhabbat qo’yish haqida

Shuni bilginki, nafsing bu dunyoning qaysi yetridan kechadigan bo’lsa uning asari qalbingda biror iz qoldirmay iloji yo’q. agar dunyoning sarvati va lazzatlari ko’p bo’lsa, qalbda shunchalik ko’p iz qoldiradi, va qalb ham dunyoga bo’lgan muhabbati ham shunchalik oshadi. Oxiri shu darajaga borib yetadiki, butun qalb dunyoga va uning zebu ziynatiga bog’lanib qoladi, dunyoda sodir bo’ladigan har qanday gunoh ana shu asar tufayli yuzaga keladi.



1 next