Hazrat oyatulloh uzmo hoj shayx Lutfulloh Sofiy Gulpoygoniy
Oyatulloh Gulpoygoniy Qum shahrida turli sohalardan oyatulloh Burujerdiy ilmidan qariyb 17 yil bahramand bo`ldi. U Qumda Oliy sath darslaridan imtihon oluvchi sanoqli olimlardan biri edi. Eron Islom Inqilobi g`alaba qozongandan keyin davlat konstitutsiyasini yozganlardan biri edi. U "xubragonlar" sho`rosiga vakil qilib saylanganlarning biri edi. Nigahbonlar sho`rosi ochilgandan keyin imom Xumayniyning tashabbusi bilan oyatulloh Gulpoygoniy bu sho`roga yetakchilik qilishni boshladi va uzoq yillar davomida ana shunday yuksak mas`uliyatli va sharafli lavozim egasi bo`lib ishladi. Alloh bu zot boborakotning umrlarini ziyoda qilsin, omin yo robbil olamin !
|