Hazrat Oyatulloh Makorim Sheroziy (Alloh o`z panohida asrasin)



Hazrat oyatulloh Makorim Sheroziy hijriy –qamariy ning 1345 yilida Eronning SHeroz shahrida dindorlar oilasida dunyoga kelgan.  Boshlang`ich va o`rta ta`limni shu shaharda olgan. Shu yillar ichida o`zining qobiliyati bilan tengdoshlari orasida shuhrat topgan edi. Yaqinlari orasida diniy ta`lim olganlar bo`lmasa-da uning Islom ma`rifatiga qiziqishi juda kuchli edi, shuning uchun 14 yoshida diniy ta`lim olish uchun ”Boboxon Sheroz” madrasasiga o`qishga kirdi va qisqa vaqt ichida sarf, nahv,  mantiq, maoni, bayon kabi ilmlarni egalladi. So`ngra fiqh  va usul ilmlarini egallashga kirishib, o`zining yuksak qobiliyati tufayli 4 yil (!) ichida boshlang`ich, o`rta va oliy darslarni tugatdi.  Shu bilan birda oyatulloh Sheroziy o`zi dars o`qib yurgan yillarda boshqalarga ham dars berar edi.  Hatto ba`zi kunlarda o`z darsidan tugatib, 8 tagacha dars o`qitishiga to`g`ri kelar edi. 18 yoshida Qum shahridagi madrasaga o`qishga kirgan va besh yilga yaqin u yerda o`qidi, oyatulloh Burujerdi kabi buyuk ustozlar darsidan bahramand bo`ldi. Ilmiy izlanishlar uni usha davrdagi shialarning ilmiy markazi bo`lmish Najaf shahriga yetakladi, u hijriy-qamariy 1369 yilda Najafi-Ashraf madrasasiga o`qishga kirdi. Og`oi Hakim, og`i Xuiy, Sayyid Abdul Hodi- Sheroziy kabi ustozlarning ilmidan bahramand bo`ldi. Hazrat oyatulloh Makorim Sheroziy 24 yoshligida (!) “ijtihod” darajasiga yetdi. U 1330 ( hijriy-shamsiy) yili Sha`bon oyida Eronga qaytib keldi va ilm markazi hisoblanmish Qum shahrida yashab ijtihod qilishni ehtiyor etdi. U oliy sathdagi (so`ngra esa ) “xorij” sathidagi “Usul”dan talabalarga dars bera boshladi. Mana qariyb ellik yildirki  ilm toliblari ul zotning fiqhga oid darslaridan bahramand bo`lib kelmoqda. “Xorij”dan berayotgan darslarining eshituvchilari ham juda ko`pdir, hozirda 2 mingga yaqin fozil shogirdlari bordir. Oyatulloh Sheroziy yoshlik yillaridanoq kitob yozishga kirishib ko`p qimmatli kitoblarning muallifi hisoblanadi.

******SIYOSIY   FAOLIYATI*****

Erondagi islom inqilobining g`alabasida u kishining xidmatlari beqiyosdir, shuning  uchun hukumat tarafidan ko`p martalab zindonga tushgan va “Chobahor”, “Mahobod”, “””Aanorak” shaharlariga uch marta surgun qilingan edi. Inqilobdan oldin Qum shahri biron bir nashriyotga muhtoj edi, toki tog`ut hukumati odamlarni yo`ldan ozdirmasin deb, shuning uchun  boshqa ulamolar bilan hamkorlikda oylik nashriyot “Islom maktabi”ni ta`sis etdi. Bu majalla chuqur ilmiy fikrlarga boy bo`lib, balki butun jahondagi shialar ilmiy majallalari orasida birinchi o`rinda turar edi.

*****YOZGAN ASARLARI*****

Hazrat oyatulloh Makorim Sheroziy 120 jild kitob yozgan bo`lib, ularning ba`zilari uch martadan qayta nashrdan chiqqan (ilmiy qiymati uchun), ba`zi kitoblari esa jahonning 10dan ortiq tillariga tarjima qilingandir. Quyida ana shunday kitoblarning nomlarini keltiramiz:

Qur`oni Karimning tarjimasi; 2-28 tagacha tafsir “Namuna”; (fors, arab, urdu, ingliz, turk tillarida nashr qilingan)/

39-40 tafsir “Mizon” tarjimasi; 41-42-43 Qur`onda axloq masalalari; 44- faylasufnamolar; 45- islomda boshqaruv va farmindorlik; 46- Zahro olamdagi ayollarning bonusidir; 47- hayotdagi  axloq masalalari; 48-haqning jilvasi; 49-ruh qaytishi va arvohlar bilan aloqa; 50-diniy savol-javoblar; 51-Islom iqtisodida hadlar; 52- dindorlikka moyil bo`lish sabablari; 53- Xudoni qanday taniymiz?; 54- Jahon yaratuvchisi; 55- buyuk rahbarlik va buyuk mas`uliyatlar; 56- Qur`on va so`nggi Payg`ambar; 57- qayta tirilish va o`limdan keyingi hayot; 58- musulmon odamning aqidasi; 59- Mahdi-buyuk inqilobchi; 60- unutilgan qadriyatlar; 61- Marksizmning oxirgi umri; 62- komillikning oxirgi vazifalari; 63- bizning din; 64- yoshlar uchun Aqoid fanidan 50 dars; (fors, arab, ingliz, xitoy, fransuz, rus tillarida);  65- xatarli o`yinlar; 66- namoz – tarbiyaning yuksak maktabidir; 67- me`roj, oyning bo`linishi, qutbdagi namoz; 68- muammodirsan; 69--  shahid bo`lish falsafasi; 70- Sharqning orqada qolishining sabablari; 71-   Islom diniga bir nazar; 72- Xudoni izlab; 73-  yoshlarning jinsiy mushkullari; 74- Islom haqida nimalarni bilishimiz kerak; 75- materializm va kommunizm haqida suhbat; 76-Qur`on va hadis;  77- taqlid yoki tahqiq; 78- Xums baytul mol mustaqilligini ta`minlaydi; 79- Intizor masalasi; 80- ra`y boyicha tafsir haqida; 81- taqiya- chuqurroq kurashish yo`li; 82- bu masalalar hamma yoshlarni qiziqtiradi; 83—Islom va qullar ozodligi; 84 – hayotning bit yuz bir darsi (fors va ingliz tillarida); 85- namunali oilalarda umr yo`ldoshi qanday bo`lishi haqida;  86- Islom hukumati; 87- vahiyning ilk risolasi yoki... 88-  iltiqot va iltiqotlilar; 89- imom Rizoning tarixiy munozaralari; 90- 91- “Nahjul balog`a”da islom axloqi; 92- masalalar yechimi (fors, arab, urdu, ingliz, turk, xitoy tillarida); 93- yoshlarning ahkom kitobi; 94 – ayollar ahkomi; 95 – haj arkonlari (fors, arab tillarida); 95- 97 – yangi fatvolar (arab, fors tillarida); 98-99- 100- hidoyat mayoqlari; 101- mahkam yo`lni tutganlar yo`li; 102-103- fiqh qonunlari; 104- fiqh nuri ; 105- fiqh nuri (boshqa masalalarni o`z ichiga olgan); 106- fiqh nuri (boshqa masalalarni o`z ichiga olgan); 107- fiqh nuri (boshqa masalalarni o`z ichiga olgan); 108- 109-110- anvor alusul; 111-112-113- imom aytganlari (nahjul balog`a haqida);  114- islom banklari va ribo (fors va arab tillarida); 115- ribodan qochish usullari; 116 – Qur`ondagi go`zal misollar (fors, arab tillarida); 117 – unutilmas hikmatlar; 118 – axloq soyasida- jamiyat sog`lomligi; fiqhiy bahslar (arab tilida); 120- qurbonlik hukmlari.

Mana shunday ilmiy asarlar bilan dinimizni avlodlarga yetkazayotgan ulug` mutafakkir olim, mujtahid va marja` taqlid bo`lmish oyatulloh uzmo hazrat oyatulloh Makorim Sheroziydan Alloh rozi bo`lsin , umrlarini uzoq va martabalarini  bundan ham baland qilsin, omin yo Rabbil olamin!