Hazrat oyatulloh uzmo Muhammad Fozil Lankaroniy



Oyatulloh Lankaroniy hijriy-shamsiy hisob bilan 1310 yilda Eronning muqaddas Qum shahrida dunyoga keldi. Otasi Fozil Lankaroniy Qum shahridagi mashhur ulamolardan edi.  Oyatulloh Lankaroniy 13 yoshligida ibtidoiy ta`limni tugatib Qum shahridagi madrasalardan biriga diniy ta`lim olish uchun o`qishga kirdi va  muqaddamot va sath darslarini olti yilda  tugatdi. U 19 yoshligida xorij darsi, fiqh tarixi va usul istidloli  bahslarini boshladi ( u kishining bu yillardagi do`sti va hambahsi sayyid Mustafo Xumayniy bo`lgan edi), 11 yil oyatulloh uzmo Burujerdi va 9 yil davomida hazrat oyatulloh Xumayniydan tahsil olgan. Hazrat Tabotaboiyning tafsiri va falsafa darslaridan bahramand bo`ldi. Oyatulloh Lankaroniy 25 yoshligida oyatulloh Burujerdiyning tavsiyasiga oid "ijtihod" darajasiga yetgan edi. Islom inqilobi g`alabasidan so`ng Lankaroniy "xubragon majlisi" namoyandasi qilib saylandi. Shuningdek o`n yildan ortiq davomida Qumdagi madrasalar sho`rosining raisi vazifasida ishlagan. Mana 25 yildan beri  Xorij va Usul darslaridan ustozlik qilish bilan birga ko`plab kitoblar muallifi hamdir.

 Alloh bu zot boborakotning umrlarini ziyoda qilsin, omin yo robbil olamin !