Hazrat oyatulloh uzmo hoj shayx Husayn Vahid XurosoniyOyatulloh Xurosoniy hijriy –shamsiy 1300 yilda Eronning muqaddas Mashhad shahrida dunyoga keldi. Sath ilmlarini oyatulloh Xurosoniy oyatulloh hoj shayx Muhammad Nahovandiydan o`rgandi, Xorij darslarini marhum oyatulloh Mirzo Mahdi Isfahoniy va oyatulloh Oshtiboniydan o`rgandi, falsafa va hikmat ilmlarini marhum Mirzo AbulQosim ilahiy va Mirzo Mahdi Isfahoniydan ta`lim oldi. Diniy ta`limlarni chuqurroq egallash maqsadida 27 yoshlik Vahid Xurosoniy Najaf shahriga hijrat qildi . u yerda marhum oyatulloh uzmo Mirzo Abdulhodi Sherozoydan, oyatulloh Hakimdan, oyatulloh Abul Qosim Xuiydan ta`lim oldi. Ayniqsa, oyatulloh Xuiydan ko`p saboq oldi va ul zotning namunali shogirdlariga aylangan edi. 1378 hijriy-shamsiy yildan sath , xorij fiqh, usul darslaridan ilm berishga kirishgan va 12 yilga yaqin Najafda faoliyatini davom ettirgan. 1390-yilda Eronga qaytib kelgan alloma Mahshad shahrida ustoz bo`lib madrasada ishlab, bir yildan keyin esa muqaddas Qum shahriga hijrat qilib, mana ko`p yillardirki, u yerda turli ilmlardan dars berib kelmoqda. Oyatulloh Xurosoniyning Xorij fanidan berayotgan darsiga ko`p talabalar ishtiyoq bilan kelishadi. Alloh bu zot boborakotning umrlarini ziyoda qilsin, omin yo robbil olamin ! |